Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Qozi domlaning To'rtko'lga tashrifi manfaatli bo'ldi

29.01.2024   1214   2 min.
Qozi domlaning To'rtko'lga tashrifi manfaatli bo'ldi

Shu yil 26-27 yanvar' kunlari Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahromiddin domla Razov To'rtko'l tumanida bo'lib, masjidlar faoliyati bilan tanishish, jamoatga juma mav'izasini qilib berish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

Dastlab Bahromiddin domla “Mulla Jumaboy” masjidida jamoatga “Omonatdorlik  Abu Ubayda ibn Jarroh timsolida” mavzusida manfaatli mav'iza qilib berdi. Suhbat davomida elimizda hukm surayotgan tinchlik-hotirjamlikning qadriga etish, yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, ularning ilm va kasb-hunar egallashiga ko'maklashi borasida ham so'z yuritdi.   

Juma namozidan so'ng Qozi domla “Mehr harakati” doirasida “O'zbekiston” va “Tinchlik” mahallalarida yashovchi ehtiyojmand va boquvchisini yo'qotgan oilalar holidan xabar olib, homiylar ko'magida ularga oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi.

Tashrif davomida Bahromiddin domla tumanda qayta qurilyotgan “Muntuk bobo” va “Shoraxan” masjidlari qurilish jarayonini ko'zdan kechirib, Qorqalpog'iston qoziyoti nomidan uning qurilishiga yaqindan yordam berayotgan insonlarga minnatdorlik bildirib, haqlariga duoi xayrlar qildi. Shuningdek, mazkur masjid xodimlari bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi va qator topshiriqlar berdi.

27 yanvar' kuni esa ushbu tumanning olis hududida joylashgan “Miskin bobo” va “Janbasqal'a” masjidlarida bo'lib, soha xodimlari va namozxonlarga qilingan sharoitlar bilan tanishdi.

Qozi domla xizmat safari davomida To'rtko'l tumani bosh imom-xatibi Do'stnazar domla Qilichovga qurilishi bo'layotgan masjidlardan xabar olib turish, berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarish bo'yicha topshiriq va tavsiyalar berdi

Qorqalpog'iston musulmonlari qoziyoti

Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Agar do‘zaxga bu kiritmasa, nima kiritadi?!

11.08.2025   1442   3 min.
Agar do‘zaxga bu kiritmasa, nima kiritadi?!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurish ham g‘animat edi. Bunaqangi imkoniyat bo‘lib qolsa, sahobalar darrov undan foydalanib qolishar, imkoniyatni qo‘ldan chiqarishmas edi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning saodatiga qarang!

Bir kuni u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotib so‘radi:

- Yo Rasulalloh! Shunday amalni aytingki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoqlashtirsin! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

- Juda ham katta ishni so‘rading. Bu ish Alloh oson qilgan kishiga osondir: Allohga ibodat qilib, Unga hech narsani sherik qilmaysan; namozni qoim qilasan; zakotni berasan; ramazon ro‘zasini tutasan, Baytullohni haj qilasan! So‘ng yana dedilar:

- Ey Muoz! Senga yaxshiliklar eshigini ko‘rsataymi? Ro‘za qalqondir, sadaqa suv olovni o‘chirgani kabi xatolarni o‘chiradi, kishining kecha qorong‘usida o‘qigan namozi... - deb ushbu oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo‘lur. Ular Robblariga qo‘rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o‘zlariga rizq qilib berganimiz narsalardan infoq qilurlar» (Sajda surasi, 16- oyat).

So‘ngra yana dedilar:

- Ey Muoz! Senga barcha ishlarning boshi, ustuni va eng yuqori cho‘qqisi nimaligini aytaymi? Ishlarning boshi Islom. Uning ustuni namoz. Yuqori cho‘qqisi esa, Alloh yo‘lidagi jihoddir!

So‘ngra yana dedilar:

- Ey Muoz! Bularning barchasining asosini aytaymi?

- Ayting, ey Allohning Rasuli!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tillarini ushlab:

- Mana buni tiy! - dedilar.

Muoz roziyallohu anhu dedi:

- Ey Allohning Nabiysi! Biz aytayotgan gapimiz tufayli ham tutilamizmi?

Nabiy alayhissalom dedilar:

- Onang seni yo‘qotsin, Muoz!

Insonlarni yomon tillari do‘zaxga yuztuban qulatmasa, boshqa nima qulatadi?!

Tilning suyagi yo‘q, ammo har qanday suyakni sindirishi mumkin. Qancha-qancha kishilar kimningdir hazil tariqasida aytgan qo‘pol gapi uchun kechasi bilan uxlay olmasdan, to‘lg‘anib chiqadi. Majlis tarqalib ketishi mumkin, ammo aytilgan gap pichoq singari uning qalbida sanchilgan holatda qoladi!

Qancha-qancha qizlarga kelgan sovchilar qo‘shnilar aytgan birgina yomon ta’rifni eshitib, jim qaytib ketadi. Aslida, u qizlar hasadgo‘y qo‘shnilarning bo‘htonidan pokiza edi!

Chaqimchilarning, «bo‘lsa, ko‘rolmaydigan, bo‘lmasa, berolmaydigan» kishilarning dastidan qancha-qancha insonlar ishidan, bola-chaqasining rizqidan ajraladi!

Yolg‘on guvohlik beruvchi birgina so‘z bilan qancha-qancha meroslar tortib olinadi, odamlar haqqidan mahrum qilinadi. Haqlar nohaq o‘zlashtiriladi!

Hasad, kin-adovat tufayli aytilib olov yoqilgan birgina chaqimchilik bilan qancha-qancha do‘stlar ajralib ketishadi. Do‘stlik dushmanlikka aylanadi. Muhabbatga to‘la qalblar oqibatda adovatga to‘ladi!

Gapimizga, qalamimizga va ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlarimizga, kishilarga raddiyalar berishimizga nazar solaylik. Avvalo o‘z sahifamizni to‘ldirayotganimizni unutmaylik.

Axir insonlarni do‘zaxga yomon gaplar kiritmasa, nima kiritadi?!

«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi