AZIZ va MЕHRIBON USTOZLAR, QADRLI va QIMMATLI HAMKASBLAR, MUHTARAM va HURMATLI AKA-UKA, OPA-SINGILLAR!
Muborak haj oylari va Qurbon hayiti bilan birga sizlarga sog‘lik, omonlik, behisob xursandchiliklar, quvonchli, baxtli kunlar, ulkan omadlar, dasturxoningizga to‘kin-sochinlik, xonadoningizga fayzu baraka ato etsin!
MUBORAK HAJ oylari, MUBORAK DAHA, MUBORAK QURBON HAYITlarining fayzu ilohiy, xayr-barakalaridan, insonning aqli ojizlik qiladigan XUDOI TAOLONING barcha beqiyos, ulug‘ ne’matlaridan xalqimizni, yurtimizni, hammalaringizni xonadonlaringizni bahramand qilsin!
O‘tganlarimizga O‘ZINING rahmatidan, qolganlarimizga ofiyatidan, bemorlarimizga shifosidan, xojatmandlarimizga yordamidan ato etib, ikki dunyoda ham ishlarimizni o‘ngidan qilsin!
ILOHO doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin, tanimiz sog‘, ibodatlarimiz qabul, duolarimiz ijobat bo‘lsin! ILOHO xalqimiz farovon, turmushimiz obod, xirmonimiz mo‘l, oilalarimiz mustahkam, farzandlarimiz salohiyatli, ilmlarimiz ziyoda, diyonatimiz go‘zal, ma’naviyatimiz yuksak bo‘lishini nasib etsin!
Jannatmakon yurtimizni tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalkimizning farovonligi, masjidlarimizning obodligi uchun Yurtboshimiz boshchiliklarida olib borayotgan barcha xayrli, chiroyli ishlaringizda PARVADIGORI OLAM hamisha O‘ZI madadkor bulsin!
Sizlarga kamoli ehtirom va cheksiz hurmat ila
Ibrohim INOMOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV