Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Qurbon hayiti kuni bajariladigan 10 amal

9.08.2019   3146   2 min.
Qurbon hayiti kuni bajariladigan 10 amal
  1. G‘usl qilish.
  2. Yangi kiyimlarni kiyish.
  3. Xushbo‘ylanish.
  4. Qurbon hayiti namozidan qaytib, o‘zining qurbonligi go‘shtidan yegunga qadar hech narsa yemay turish.

Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) taomlanmasdan chiqmasdilar, qurbonlik kunida esa namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Eslatma! Ba’zilar qurbon hayitida hech narsa yemay namozga chiqish sunnatligini noto‘g‘ri tushunib, qurbon hayitida kunning avvalgi yarmiga qadar ro‘zani niyat qilish kerak, deyishadi. Shu bilan birga ular ushbu kun saharlikka turishadi va og‘izlarini niyat bilan berkitib namozga chiqishadi. Hayit namozi o‘qib bo‘lingach esa, xuddi iftorlikdagi kabi og‘izlarini ochishadi. Bu noto‘g‘ridir. Hayit kunlarida ro‘zani niyat qilish harom amallardandir. Qolaversa, yarim kunga ro‘za niyat qilinmaydi.

 

  1. Masjidga imkon bo‘lsa piyoda, erta borish va yo‘lda tahlil (Laa ilaha illalloh) hamda takbir (Allohu akbar) aytish.

 

  1. Hayit bilan muborakbod etish.

Sahobalar: “Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin”, deb bir-birlarini iyd bilan tabriklashardi.

  1. Namozga bir ko‘chadan borib, boshqasidan qaytish.

Jobir roziyallohu anhu aytadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iyd kuni bo‘lsa yo‘lni farqli qilardilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

 

  1. Qarindosh, yosh ulug‘larni ziyorat qilish.

 

  1. Qo‘ni-qo‘shnilarni bayram bilan tabriklash.

 

  1. Ahli ayol va yosh bolalarni xursand qilish.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

8.01.2025   233   1 min.
Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Misrlik yozuvchi Anis Mansurning ota-ona haqida yozgan eng go‘zal so‘zlari:

"Ota-onang seni tashlab ketganlaridan so‘ng afsuslanasan. Chunki sen ularga biror yordam yoki biror narsa taklif qilganingda, ular "hojati yo‘q", "kerak emas qo‘yaver" deyishardi, sen esa ularga ishonarding, vijdoningni tinchlantirar eding – haqiqatan otamga kerak emas, onam hech narsa istamayapti, deb o‘ylarding.

Otalaringiz va onalaringiz "hech narsa kerak emas" deganlarida ularga ishonmang. Ular buni  sizni o‘ylab, sizni holatingizni inobatga olib yoki sizdan hijolat bo‘lib aytishadi... Siz ulardan so‘ramasdan, ularga takalluflik qilmasdan, ulardan ruxsat olmasdan bering, hadya qiling.

Ko‘pchilik odamlar aldangani kabi siz ham otangizning qariligiga aldanmang. Onangizning yoshi ulug‘ligi, ojizligi yoki soddaligi sizni aldab qo‘ymasin. Chunki ularning har birining ichida erkalatishga va e’tiborga muhtoj bo‘lgan bir bola yashaydi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV