Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) taomlanmasdan chiqmasdilar, qurbonlik kunida esa namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Eslatma! Ba’zilar qurbon hayitida hech narsa yemay namozga chiqish sunnatligini noto‘g‘ri tushunib, qurbon hayitida kunning avvalgi yarmiga qadar ro‘zani niyat qilish kerak, deyishadi. Shu bilan birga ular ushbu kun saharlikka turishadi va og‘izlarini niyat bilan berkitib namozga chiqishadi. Hayit namozi o‘qib bo‘lingach esa, xuddi iftorlikdagi kabi og‘izlarini ochishadi. Bu noto‘g‘ridir. Hayit kunlarida ro‘zani niyat qilish harom amallardandir. Qolaversa, yarim kunga ro‘za niyat qilinmaydi.
Sahobalar: “Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin”, deb bir-birlarini iyd bilan tabriklashardi.
Jobir roziyallohu anhu aytadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iyd kuni bo‘lsa yo‘lni farqli qilardilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV