Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2024   |   24 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2024, 24 Jumadul soni, 1446

Adliya vazirligi vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi

9.08.2019   2058   1 min.
Adliya vazirligi vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi

8-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpog‘iston vakilligi tizimidagi masjid imom-xatib va imom-noiblari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari E.Tursunov, vazirlikning 2-darajali yuristi I.Aldabergenovlar ishtirok etdi.

E.Tursunov 2018 yil 13-apreldagi 3666 son «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorning mazmun-mohiyati, diniy tashkilotlarni qayta ruyxatdan o‘tkazish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan amaliy yordamlar berish haqida tushunchalar berdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida turli konfessiyaga tegishli diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatish bilan birga, fuqarolarimiz o‘z diniy amallarni emin-erkin bajarishi, diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi va davlat hayotida faol qatnashishi uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi, bu borada huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug‘risida”gi qonunda belgilanganligi, diniy tashkilot faoliyatini ustav asosida amalga oshirish tartibi haqida Adliya vazirligi katta maslahatchisi, 2-darajali yurist I.Aldabergenov batafsil aytib o‘tdi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi va muammolarga aniqlik kiritdi. Seminarni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinov boshqarib bordi.

 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Alloh naqadar buyuk Zot!

25.12.2024   2353   1 min.
Alloh naqadar buyuk Zot!

Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).

 وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).

Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!

Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV