Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Arzimas tuhfa siniq ko‘ngillarni shod etdi

07.08.2019   2089   1 min.
Arzimas tuhfa siniq ko‘ngillarni shod etdi

Islom dini doimo insonni faqiru miskinlarga, yetim-yesirlarga moddiy va ma’naviy yordam qilishga chorlaydi. Dinimiz bunday xayrli ishlarni amalga oshirganlar uchun bu dunyoda ham oxiratda ham ulkan ajr va yaxshiliklar borligini eslatadi.
Xalqimiz azaldan saxovatli, mehmondo‘st va yetimparvarligi bilan e’tirof etiladi. Bu go‘zal insoniylik bugungi kunimizda ham halqimiz tomonidan davom ettirib kelinmoqda. Hozirgi kunda davlatimiz qariyalar, nogironlar va mehribonlik uylarini moddiy va ma’naviy ta’minotlarini o‘z o‘rniga qo‘yib, e’tiborga olayotgan bo‘lsa-da, o‘z navbatida xalqimiz ham bu kabi ishlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ana shunday savob va barakalarni umid qilgan holda biz din peshvolari kuni kecha shahrimizdagi mehribonlik uylaridan biriga borib, siniq ko‘ngillarni bir oz bo‘lsada shod etishga harakat qildik.
Muborak Qurbon hayiti arafasida yaqinlashayotgan 2019-2020 o‘quv yili munosabati bilan hayitlik sifatida mehribonlik uyida yashovchi o‘g‘il-qizlarga homiylarni jalb qilgan holda o‘quv qurollari tarqatdik.
Hazrat Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri mo‘minlar qalbiga xursandchilik bag‘ishlash”, deb marhamat qilganlar. Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi.
Xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat, hamjihatlikning ko‘rinishi bo‘lgan bu kabi xayrli ishlar yurtimizda yosh avlodga bo‘lgan e’tiborning yanada ravnaq topayotganidan dalolatdir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Alloh taolo barchamizni bunday xayrli ishlarni qilishda bardavom aylasin.

 

Yahyo ABDURAHMONOV,
Toshkent shahri Shayxontahur tumani
bosh imomi-xatibi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

14.08.2025   100   2 min.
Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor. 
 

Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
 

Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
 

   Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.


   Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning  belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

  
  Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari