Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446

Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal

06.08.2019   9544   2 min.
Qabr ziyoratida bajariladigan 11 amal
  1. Niyatni to‘g‘rilash, ixlos bilan, xolis Alloh uchun ziyorat qilish.

 

  1. Tahoratli bo‘lish.

 

  1. Dunyo mashg‘ulotini tark etib, oxiratni o‘ylash.

 

  1. Ziyoratgohda viqor bilan sokin yurish.

 

  1. Qabr ahliga bunday salom berish:

“Assalamu alaykum, ya ahlal-qubur. Yag‘firullohu lana va lukum, antum salafuna va nahnu bil-asar”

“Assalomu alaykum, ey qabr ahli! Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelgansiz, biz ham sizning ortingizdan kelamiz”.

 

  1. Qabrni siypash, o‘pish va aylanib tavof qilishdan uzoq bo‘lish.

 

  1. Qabr boshida “Yosin” surasini o‘qish.

Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ota-onasi yoki ulardan birining qabrini har juma kuni ziyorat qilib, “Yosin” surasini tilovat qilib, uning savobini ularga bag‘ishlasa, suradagi har bir so‘z va harf adadicha Alloh taolo ularning gunohlarini mag‘firat qiladi”, dedilar (Imom Daylamiy rivoyati).

Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘liklaringizga “Yosin” surasini tilovat qiling”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

  1. Ixlos surasini o‘qish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabristonga kirib, “Qul huvallohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklar adadicha savob beriladi”, deganlar (Imom Doraqutniy rivoyati).

 

  1. Marhumning yaxshi sifatlarini eslash.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Dunyodan o‘tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. Qabrni bosmaslik lozim. Qabr usti mayyitning haqqidir. Qabr ustidan yoki qabriston ichidan o‘tishga zarurat tug‘ilsa, tasbeh, tahlil, takbir, duo va istig‘for aytib o‘tish.

 

  1. Ziyoratdan va’z-nasihat olgan holda qaytish.

Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janozada hozir bo‘lganlarida qayg‘ulari ortar, nihoyatda kam gapirar, fikr-mulohazaga g‘arq bo‘lar edilar” (Imom Hokim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Bemorlik - gunohlarga kafforat

04.05.2025   6374   1 min.
Bemorlik - gunohlarga kafforat

Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot alayhissalom bemorlikdan qiynalayotgan ekanlar.

"Yo Allohning Rasuli, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!" dedim.

"Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganicha qiynalaman", dedilar.

"Sizga ikki hissa ajr bo‘lishi uchun shundaymi?" dedim.

U zot alayhissalom: "Ha shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, Alloh uning sababidan o‘sha bandaning yomonliklarini xuddi daraxt o‘z barglarini to‘kkanidek to‘kadi", dedilar".