Angliyaning Liverpul futbol klubi yulduzi bo‘lgan Muhammad Salah Makka shahriga yetib keldi. Fransiyada o‘tadigan yozgi tayyorgarlik yig‘iniga qo‘shilishdan avval futbolchi Umra ziyoratini amalga oshirgan. Bu haqda «Al-Arabiya» nashri xabar berdi.
Futbolchining ziyorat paytida olingan rasmlari ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA