Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Musibat faqat yomonlarning zulm qilishi emas, balki yaxshilarning jim turishi hamdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Kim oshqozoniga (nima kirib-chiqayotganiga) e’tibor bermasa, boshqa narsalarga ham e’tibor bermaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Odamlar sokinlik paytida bir xildirlar. Mashaqqatli damlarda esa ularning qandayliklari ma’lum bo‘ladi.
Ibn Xaldun rahimahulloh
*****
Kurashayotgan paytimda yo‘q bo‘lib qolgan bo‘lsang, g‘alaba qozonganimda yonimda bor bo‘lib qolishni o‘ylama!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Haqni bilishning o‘zi bilan to‘xtab qolmaslik kerak. Natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar haqni gapirish ham kerak!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Adolat qaror topganda, hatto hayvonlar ham tartib-intizomga amal qiladi.
Ibrohim Fiqiy
*****
“Hamma odamlarni rozi qilish” degan qonuniyat meni qamrab olmaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
“Meni falonchi yubordi” degan gap 10 yillik tajriba va 5 ta diplomga teng bo‘lib qoldi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Arab bo‘la turib, o‘zingga o‘xshagan arab bilan ingliz tilida gaplashishing sening madaniyatli, ziyoli ekaningni mutlaqo anglatmaydi. Balki o‘z tilingni bilmaydigan johil, uning go‘zalliklaridan mahrum bir kimsa ekaningni anglatadi.
Najib Mahfuz
O‘zbek bo‘la turib, o‘z tilida gaplashishni o‘ziga ep ko‘rmay, bir-biri bilan ruscha gaplashadigan kimsalarga ham mos tushar ekan.
*****
Hurmatga loyiq bo‘lib, unga erisholmasliging hurmatga loyiq bo‘lmay, unga erishganingdan yaxshiroqdir.
Mark Tven
*****
Internet materiallaridan to‘plab,
tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.
Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.
Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).
Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:
“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).
Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar”, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyr”ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).
Shunga ko‘ra imom domla “Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Allohu akbar” deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.