Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Mesut Ozil suriyalik bolalarga yordam bermoqchi. Bu haqda iqnanews.ru xabar beradi.
Mashhur futbolchi Mesut Ozil o‘zining Twitterdagi sahifasida «Biz 1000 ga yaqin suriyalik bolalarning jarrohlik amaliyoti xarajatlarini to‘laymiz», deya ma’lumot yozib qoldirgan. Shuningdek, BigShoe xayriya tashkiloti bilan birgalikda urushdan jabr ko‘rgan suriyalik bolalarga oziq-ovqat yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirib o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, mashhur futbolchi Mesut Ozil BigShoe xayriya tashkilotining homiylaridan biridir. U Germaniya va Shveysariya shifokorlari ko‘magida qarovchisini yo‘qotgan va urushdan jabr ko‘rgan bolalarga zarur bo‘lgan yordamlarni berib keladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV