Xassina Misrning shimoliy-sharqiy Dakaliya gubernatorligining Dikirnis shahri yaqinidagi Kafr Abdul Mo‘min nomli qishloqda yashaydi. Bu haqda iqnanews.ru nashriga tayanib Islom.uz nashri xabar beradi.
U bolaligidan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Ammo bu holat uning uchun Qur’onni yod olishga to‘sqinlik qilmadi
«Men o‘n yoshimda Qur’oni karimni o‘rgandim», deydi u. — Ustozimning ismi Ahmad al-Damhuji edi. U o‘limidan oldin meni Qur’on markazi ochishga undadi.
80 yoshli ayol hozirgacha bolalarga Qur’oni karimni o‘rgatib kelmoqda. Bugungi kungacha Xassina 50 dan ortiq qishloq aholisiga Qur’onni yod olishiga sababchi bo‘lgan. Uning o‘zi har kuni Qur’on oyatlarini unutmaslik uchun bir kunda 6 juz Allohning kalomini o‘qiydi. Qur’onda jami 30 ta juz borligi sababli, u har besh kunda bir marta Qur’onni xatm qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV