Saudiya Arabistoni Haj ishlari bo‘yicha vaziri Abdulatif Abdulaziz Al Shayxning farmoyishiga muvofiq, Makkada dunyoning turli mamlakatlari tillariga tarjima qilingan Qur’oni karimning 120 ming nusxalarini tarqatishmoqda.
Bu haqdagagi ma’lumotni Al-Ain nashri xabar tarqatdi.
Qur’on nusxalari Arofat, Muzdalifa va Mino masjidlarida tarqatilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.