Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqasida halol sanoatni rivojlantirish bo‘yicha Qozog‘istonning Nursulton shahrida Islom hamkorlik tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi tashkilotining yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Ushbu anjumanda Rossiya, Turkiya, Malayziya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekistonning 25 dan ortiq idora va tashkilotlari ishtirok etadi.
muslim.kz nashrining xabar berishicha, anjuman kun tartibiga ko‘ra delegatlar hallol sanoatning rivojlantirish, genetik va molekular laboratoriyalardagi innovatsiya texnologiyalarining halollik va oziq-ovqat xavfsizligidagi o‘rni masalalarini ko‘rib chiqadilar.
"Halol" sertifikatlashtirish va standartlashdagi muammo va vazifalar muhokama qilinishi aytilgan. Anjuman yakunlariga ko‘ra deklaratsiya qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati