Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahrining bu yildagi eng yoshi ulug‘ qoriyasi deb e’lon qilindi. Bu haqda iqna agentligi xabar berdi.
Aytishlaricha, u Allohning kalomini yodlashni boshlaganida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq qisqa fursat ichida Allohning inoyati bilan bu yo‘ldagi barcha murakkabliklar nihoyasiga yetgan.
Unga bu yo‘lda qoriya singlisi katta yordam bergan. Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahridagi Dorul Huda Qur’on markazida ikki yilda Qur’oni Karimni butunlay yod olib, maxsus guvohnoma olgan. Ma’lum bo‘lishicha, qoriya xonim hozirda Qur’oni karim bilimlari va tafsiri bo‘yicha o‘z malakasini oshirishda davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Saudiya Arabistoni Qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilning dekabr oyida 2025 yildan boshlab Umra va Haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emalanganlik to‘g‘risidagi hujjati bo‘lishi shartligini talab qiluvchi me’yoriy hujjat chiqargan edi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Haj va Umra ziyoratlariga borishida meningitga qarshi vaksina olish kerak deyilgan qaror bekor qilindi, endi vaksina olmasdan Umraga borsangiz bo‘ladi», degan mazmundagi xabarlar keng tarqalmoqda.
Sanepidqo‘mita ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo‘lishi zarurligini rasman bekor qilmagan.
Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Xabar.uz