Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

Saudiya Arabistonida 72 yoshli ayol Qur’oni Karim hofizi bo‘ldi

01.08.2019   3312   1 min.
Saudiya Arabistonida 72 yoshli ayol Qur’oni Karim hofizi bo‘ldi

Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahrining bu yildagi eng yoshi ulug‘ qoriyasi deb e’lon qilindi. Bu haqda iqna agentligi xabar berdi.

Aytishlaricha, u Allohning kalomini yodlashni boshlaganida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq qisqa fursat ichida Allohning inoyati bilan bu yo‘ldagi barcha murakkabliklar nihoyasiga yetgan.

Unga bu yo‘lda qoriya singlisi katta yordam bergan. Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahridagi Dorul Huda Qur’on markazida ikki yilda Qur’oni Karimni butunlay yod olib, maxsus guvohnoma olgan. Ma’lum bo‘lishicha, qoriya xonim hozirda Qur’oni karim bilimlari va tafsiri bo‘yicha o‘z malakasini oshirishda davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Yangi farmon diniy-ma’rifiy soha rivojiga xizmat qiladi

22.04.2025   1228   1 min.

Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Uyg‘un G‘afurov – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori

VIDEO