Muslim.uz sayti ijodkorlari tomonidan Imom Buxoriy va Imom Muslim barobar rivoyat qilgan - muttafaqun alayh darajasidagi hadislarni berib borish rejalashtirildi.
Ushbu hadislar Muhammad Fuod Abdulboqiyning "Marvarid Marjonlar: Imom Buxoriy va Muslim barobar rivoyat qilgan - muttafaqun alayh hadislar" asarining Ziyouddin Mansur tomonidan qilingan tarjimasi asosida tayyorlanadi.
Alloh subhanahu va taolo ushbu xayrli ishni muvaffaqiyatli va biz mo‘min-musulmonlar uchun manfaatli qilsin.
Yolg‘on hadis to‘qishdan saqlaning!
1- حديث عليّ قال: قال النبيّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لا تكذِبوا عليّ، فإنه من كَذَبَ عليّ فَلْيَلِجِ النارَ
1- Aliy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis: Payg‘ambar sollollohu alayhi va sallam: “(Men aytmagan hadisni “Rasululloh aytdi”, deb) mening (nomimdan) yolg‘on to‘qimanglar. Chunki kim menga yolg‘on nisbat bersa, albatta do‘zaxga kirgay”, dedilar.
2- حديث أَنَسٍ قال: إِنه لَيَمْنَعُنِى أَنْ أحدّثكم حديثًا كثيرًا أَنَّ النبيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال: مَنْ تعمَّدَ عليّ كَذِبًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ من النار
2- Anas roziyallohu anhu: Meni sizlarga ko‘p hadis aytib berishdan Payg‘ambar sollollohu alayhi va sallamning: “Kim men(ing nomim)dan qasddan yolg‘on (hadis) so‘zlasa, do‘zaxdan o‘z o‘rnini tayyorlab qo‘yaversin”, degan so‘zlari to‘sib turadi, dedi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati