Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Samimiylik – dinimiz asosi

30.07.2019   4103   2 min.
Samimiylik – dinimiz asosi

Samimiylik so‘zi arab tilida “nasihat” deyiladi. Biz bilamizki, “nasihat” bir kishining ikkinchi kishiga nisbatan ko‘ngildan chiqarib aytgan yaxshi niyati, uni to‘g‘ri yo‘lda yurishi uchun bergan irshodi va shunga o‘xshash ma’nolarni anglatadi. Samimiy inson deganda har bir ishini chin dildan bajaradigan, aytgan gapi bilan ishi to‘g‘ri keladigan, birovga nisbatan qalbida hech qanday g‘ashlik va adovati bo‘lmagan, kek saqlamaydigan kishi tushuniladi. Ana shu holatni samimiylik deyiladi.

Payg‘armabirimiz s.a.v : “Din nasihatdir, ya’ni samimiylikdir”- dedilar.

Shunda sahobalar: “Samimiylik kimga nisbatan?” deb so‘rashdi. Rasululloh s.a.v:

“Allohga, uning kitobiga, uning rasuliga, musulmonlar boshliqlariga va musulmonlar ommasiga nisbatan” (Imom Muslim rivoyati)- deb javob berdilar.

Mazkur hadisdan ko‘rinib turibdiki, Islom dini – bu samimiylikka asoslangandir. Musulmon odam dindagi har bir e’tiqod va amalni chin dildan va xolis ado etmas ekan. Uning dini mukammal bo‘lmaydi. Hadisda sanab o‘tilgan narsalarga nisbatan samimiylik quyidagi tartibda bo‘ladi:

  1. Allohga nisbatan samimiylik – Unga imonkeltirish, ibodatni xolis qilish, hech narsani unga tenglashtirmaslik.
  2. Allohning kitobi (Qur’on)ga nisbatan samimiylik – uni tasdiqlash, tilovati bilan mashg‘ul bo‘lish, ahkomlariga amal qilish, uni buzib talqin qilishdan saqlanish.
  3. Rasuliga nisbatan samimiylik – uni e’tirof etish, amriga itoat, sunnatiga amal qilish bilan bo‘ladi.
  4. Musulmonlarning boshliqlariga nisbatan samimiylik – haq ishlarda ularga yordam berish, Allohga osiy bo‘lmaydigan ishlarda ularga tioat etish.
  5. Musulmonlarning jamoas iga nisbatan samimiylik – ularni dunyo va oxiratlariga manfaat keltiradigan ishlarga buyurish, yomon ishlardan qaytarish.

Mazkur hadis Islom dini asoslarini o‘z ichiga olgan hadislar jumlasidan bo‘lib, ulamolarimiz bu hadisni Islom dini manbai deb ataganlar.

Darhaqiqat. Samimiylik – muqaddas tushuncha. O‘zini “nasihatchiman”, “samimiyman” degan inson tili bilan dili to‘g‘ri va bir bo‘lgan kishidir. Shuning uchun ham odamlar bunday kishining gapini quloqqa olib, unga ishonib, uni hurmat qilishadi.

Qachon insonda samimiylik paydo bo‘ladi? Qachonki, uning qalbida g‘araz, gina-kudurat kabi birovga nisbatan adovat uyg‘otuvchi xislat qolmasagina u samimiy  bo‘la oladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kishining dini mukammal bo‘lishi uchun u o‘zida samimiylik xislatini tarbiyalashi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham Rasululloh s.a.v ba’zi sahobalardan har bir kishiga nisbatan samimiy bo‘lishga bay’at olganlar.

Jumladan Jarir ibn Abdulloh r.a. aytadilar:

“Men Rasululloh s.a.v.ga namozni to‘la-to‘kis ado etmoqqa, zakotni o‘z egalariga bermoqqa va har bir musulmonga nisbatan samimiy bo‘lmoqqa bay’at berdim ”

“Abdulqodir qori” jome masjidi

 imom-xatibi Ma’rufxon Aloxodjayev

Boshqa maqolalar
Videolar

"Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..."

16.07.2025   1868   1 min.

 

VIDEO