Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

O‘zbekiston Xalqaro islom san’ati va madaniyati festivalida ishtirok etdi

29.07.2019   5607   1 min.
O‘zbekiston Xalqaro islom san’ati va madaniyati festivalida ishtirok etdi

O‘zbekiston vakillari Putradjaya shahri ma’muriyati tomonidan 2019 yil 25-28 iyul kunlari "Islom dunyosi musiqa va vokalining ulug‘vorligi" mavzusida bo‘lib o‘tgan Xalqaro islom san’ati va madaniyati festivalida (PIIACUF) qatnashishdi.

O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, festival 2013 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Tabdirda doimiy ravishda "Hunarmand" uyushmasi o‘zbek xalq amaliy san’ati namoyishi bilan qatnashib kelmoqda.
Festivalda bizning hamyurtlarimizdan tashqari Malayziya, Indoneziya, Quvayt, Eron, Marokash, Turkiya, Bangladesh, Tailand, Bruney va Janubiy Koreya kabi davlatlar ishtirok etishdi.
Tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga 2019 yilning 10−15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida ilk bor Xalqaro hunarmandchilik festivali va hamda festival doirasida «Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi haqida xabar berildi. Ushbu tadbirda Malayziya hunarmandchilikni rivojlantirish korporatsiyasi rahbariyati va olti nafar taniqli malayziyalik hunarmandlarning ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ayol kishining rukusi

18.06.2025   1334   1 min.
Ayol kishining rukusi

Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan  farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.

Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:

 تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق

 “Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).

“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:

وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ

“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.