O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Yurtimizda yoshi asrlarga tenglashadigan madrasalar soni juda ko‘p. Ularning har biri o‘z vaqtida yetakchi ta’lim dargohi vazifasini bajargan. Ammo, ular orasida bugungacha faoliyat yuritayotgani barmoq bilan sanoqli. XVI asrda bunyod etilib sobiq ittifoq davridagi uzulishni hisobga olmaganda faoliyati qariyb 6 asrdan buyon davom etayotgan "Ko‘kaldosh" madrasasi esa ayni damda ham mamlakatimiz va Islom olami uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlab, diniy ilmlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bu dargohdan juda ko‘p islom olamiga xizmat qilgan ulamolar va imomlar yetishib chiqqan.
Ayni kunlarda "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurtining 6 nafar bitiruvchisi "Hadis ilmi maktabi"ga kirish imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirib ajratilgan 10 ta o‘rinning asosiy qismini egalladi va oliygohga o‘qishga qabul qilindi. Bu esa madrasada ta’lim berayotgan ustozlar va mudarrislarning navbatdagi yutug‘idir. Shu munosabat bilan, Hadis ilmi maktabi rahbariyati tomonidan "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti jamoasiga maxsus TASHAKKURNOMA topshirilib hamkorlik yanada mustahkam bo‘lishini tilab qoldi.
Niyat qilamizki mazkur ziyo maskani nafaqat yurtimizda balki, dunyo musulmonlari orasida ham shuhrat qozonib, jahonning yetakchi o‘quv muassasasiga aylanadi degan umiddamiz.
Ma’lumot uchun bu yil Hadis ilmi maktabiga imtixonalrdan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning 6 nafari "Ko‘kaldosh", 2 nafari "Xoja Buxoriy", 1 nafari "Sayyid Muxiddin maxdum" va 1 nafari "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti bitiruvchilaridir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati