Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

«Imom Termiziy» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

24.07.2019   3697   1 min.
«Imom Termiziy» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Toshkent shahridagi «Usmon ibn Maz’un» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan Is'hoqjon Begmatov Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidiga imom-xatib etib tayinlandi.

Mazkur masjidda faoliyat ko‘rsatgan Robbimqul Muhammadiyev Yakkasaroy tumanidagi «Rakat» jome masjidiga imom-xatib etib tayinlandi.

«Rakat» jome masjidi imom-xatibi O‘tkir Hakimov «Usmon ibn Maz’un» jome masjidi imom-xatib etib tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Maqomi mahmud" nima?

15.08.2025   2341   2 min.

Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maqomi mahmudning egasi bo‘lsalar, unda nega azon aytilganidan keyin Allohim, u zotni O‘zing va’da qilgan Maqomi mahmudga yetkazgin, deb duo qilamiz? Bundan go‘yoki (Alloh saqlasin) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Maqomi mahmud berilmagandek bo‘lib chiqmayaptimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bunday emas. “Maqomi mahmud” “Maqtalgan maqom” ma’nosida bo‘lib, aksariyat ulamolar nazdida “Maqomi mahmud”dan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyuk shafoatlari iroda qilingan. Bu izzat va karomatning eng oliy maqomi bo‘lib, u Odam avlodidan faqatgina ul muborak zotgagina nasib etgan, xolos.

Shuningdek, azon so‘ngida o‘qiladigan duoda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bizga Alloh taolodan u zot uchun “Maqomi mahmud”ni so‘rashni o‘rgatganlar. Bu maqomni Alloh taolo u zotga va’da qilgan.

Qolaversa, Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur duoni qilish orqali u zotning shafoatlariga noil bo‘lishimizning xushxabarini ham berganlar. Albatta, U zot alayhissalomga “Maqomi mahmud” so‘rashimiz, bu maqom u zotga berilmaganligini anglatmaydi, chunki Alloh taoloning va’dasi amalga oshgan ish kabidir.

Shunday ekan, bizning azon duosida “Maqomi mahmud”ni Allohdan so‘rashimizning ma’nosi nima degan savolga ulamolar u zot bizning duoyimiz tufayli Maqomi mahmudga erishmaydilar, balki Alloh taolo u zotga bu maqomni aniq qilib qo‘ygan.

Biz bu duoni u zotning shafoatlariga noil bo‘lish uchun qilamiz. Bundan tashqari bunday duo qilishning ma’nosi yo “Maqomi mahmud”ning bardavom bo‘lishini, ya’ni u zotga berilgan maqtalgan maqomni davomli qilgin deb so‘rash ma’nosida yoki banda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlariga duo qilish orqali o‘z ehtiyojlarini Alloh taolodan so‘rashi mumkin ekanligiga ishoradir, deb javob berganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.