O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migrantlarini jo‘natish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UPL nashri xabar berdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, yaqin kelajakda O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklariga qariyb 1 million kishini mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yuboradi. Tomonlar ushbu rejani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Hozirgi kunda har yili BAAga 4,2 ming kishi ishlashga ketadi. Ushbu mamlakatdan pul o‘tkazmalar miqdori 35 million dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan noyob hujjatli film – “Usmon Mus'hafi: Madinadan Movarounnahr sari” nomli loyiha ustida ish boshlanmoqda. Filmda dunyodagi eng qadimiy Qur’on qo‘lyozmasi – VII asrda pergamentga yozilgan, hajmi 53x68 sm bo‘lgan va 353 varaqdan iborat Usmon Mus'hafining Madinadan Movarounnahrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘li yoritiladi.
Filmda qo‘lyozmaning yaratilishidan tortib, turli sivilizatsiyalar davrida boshdan kechirgan murakkab tarixiy jarayonlar, uning O‘zbekistonga qanday saqlanib kelgani va hozirda Islom sivilizatsiyasi markazida muqaddas meros sifatida e’zozlanayotgani hujjatlar, tarixiy manbalar hamda mutaxassislarning izohlariga tayangan holda yoritiladi.
Mazkur hujjatli film markazdagi ekspozitsiya tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ziyoratchilar va mehmonlar uchun muhim ma’naviy-tarixiy tajribani taqdim etadi. Film orqali tomoshabinlar nafaqat Qur’onning tarixiy qadr-qimmati, balki O‘zbekiston zaminining bu bebaho merosni asrab-avaylashdagi tutgan o‘rni haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lishadi.
cisc.uz