Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

O‘zbekiston BAAda ishlash uchun 1 millionga yaqin odam yuborishni rejalashtirmoqda

23.07.2019   4438   1 min.
O‘zbekiston BAAda ishlash uchun 1 millionga yaqin odam yuborishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migrantlarini jo‘natish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UPL nashri xabar berdi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, yaqin kelajakda O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklariga qariyb 1 million kishini mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yuboradi. Tomonlar ushbu rejani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozirgi kunda har yili BAAga 4,2 ming kishi ishlashga ketadi. Ushbu mamlakatdan pul o‘tkazmalar miqdori 35 million dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Nayson yomg‘iri haqida hadis bormi?

23.04.2025   1351   2 min.
Nayson yomg‘iri haqida hadis bormi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jabroil alayhissalom menga o‘rgatdi. Sizlarga uni aytib beraman, kim nayson (aprel) oyida yomg‘ir yoqqanda suvidan olib, 70 martadan fotiha, oyatal kursi, falaq, nas, kafirun, suralarini o‘qib dam solib ichsa erkak va ayol bepusht bo‘lsa farzand ko‘radi, falaj bo‘lmaydi, tanadagi bor kasalliklar tuzaladi", mazmunli xabar tarqaldi. Haqiqatan ham shu ma’nodagi hadis bormi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur rivoyatni hadis deb aytish katta gunoh hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qish hisoblanadi. Birorta ham e’tiborli va ishonchli hadis kitoblarida bunday mazmundagi hadis kelgan emas. Ayrim ulamolar uni hadis to‘qish bilan shug‘ullanadiganlarning to‘qimasi ekanligini ta’kidlab o‘tishgan. Shuning uchun har qanday ma’lumotlarni, xususan, dinga oid ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlamasdan turib tarqatishdan juda ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday ishlar yolg‘onga xizmat qilish va boshqalarni aldash hisoblanadi. Qolaversa, bu yolg‘on oddiy yolg‘onlar kabi shunchaki harom bo‘lib qolmay, jahannam bilan tahdid qilingan gunohlar sirasiga kiritilgani haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:


عَنْ سَعِيدِ بْنِ زَيْدٍ رَضِيَ اللَّه عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ: "إِنَّ كَذِبًا عَلَيَّ لَيْسَ كَكَذِبٍ عَلَى أَحَدٍ ، مَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ" (رَوَاهُ الإِمَامُ البُخَارِيُّ)

“Mening nomimdan (aytilgan) uydirilgan yolg‘on so‘z boshqa bir kishi nomidan uydirilgan yolg‘on kabi emasdir. Kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qisa, jahannamdagi joyiga tayyorgarlik ko‘rsin!” (Imom Buxoriy rivoyati).

O‘rni kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, shu mavsumda, ya’ni, aprel oyida yog‘adigan yomg‘irning foydalari tibbiy jihatdan isbotlangan bo‘lsa, soha mutaxassislarining ko‘rsatmasi bo‘yicha iste’mol qilish xato yoki gunoh hisoblanmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.