Bu raqam o‘tgan yilgiga nisbatan 5 mingtaga ko‘p deydi, Rossiya musulmonlar boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Rushan hazrat Abbyasov. Bu haqda islam-today.ru sayti xabar berdi.
Rushan hazrat Abbyasovning aytishicha, diniy boshqarma rahbarlarining iltimosiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni bu yil Rossiya uchun qo‘shimcha yana 5 mingta o‘rin ajratib bergan. Shu bilan Rossiyadan hajga boruvchilarning umumiy soni 25 ming 500 tani tashkil etmoqda. Rossiyaning o‘zida eng ko‘p o‘rinlar Dog‘iston, Checheniston, Ingushetiya respublikalariga ajratilgan. Jumladan, Dog‘istonga 10 mingta o‘rin, Tataristonga 1800 ta o‘rin berilgan. Moskvaning o‘zidan esa 2 ming kishi hajga boradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan