Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini samarali o‘tkazish uchun AQSHning Virjiniya shtati Aleksandriya shahrida Qur’oni karimni o‘rganish kurslari tashkil etildi. Bu haqda iqna axborot sayti deb xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, MakeSpace İslam instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu kurslar 5-12 yoshdagi maktab bolalariga mo‘ljallangan. Kurslar uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda bolalar arab tili harflari va qisqa suralarni o‘rganadilar. Ikkinchi bosqichda Qur’oni karimni o‘qishni o‘rganadilar. Shu bilan tajvid va tilovat qoidalari hamda Qur’onni to‘liq yodlashga tushadilar. Yozgi kurslar 20 iyul kuni boshlanib, har haftaning shanba kuni davom etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Janoza namozida to‘rtta takbirni aytish farz deb eshitganmiz. Imomga iqtido qilgan kishilar ham takbirlarni aytishlari kerakmi? Ularga ham to‘rt takbirni aytish farz bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Albatta, iqtido qilganlar ham mazkur takbirlarni aytishlari farz bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz mazkur takbirlar boshqa namozlardagi rakatning o‘rnida bo‘ladi, ya’ni to‘rt takbirli janoza go‘yoki to‘rt rakatli namozning hukmida bo‘ladi, deganlar.
Shu bois imom ham, unga iqtido qilganlar ham takbirlarni aytishlari shart hisoblanadi. Agar kimdir takbirlarni aytmasa, yoki ulardan bittasini qoldirsa, janoza o‘qigan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.