Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2025   |   12 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:10
Shom
17:55
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2025, 12 Sha`bon, 1446

Arablar uchun milliy liboslar Andijonda tayyorlanadi

19.07.2019   2935   1 min.
Arablar uchun milliy liboslar Andijonda tayyorlanadi

Saudiya Arabistonining Madina shahridan kelgan Abdulbosit Abdulhodiy Andijonda tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha istiqbolli loyihani taqdim etdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.

— Arablarning milliy kiyimlari Xitoyda ishlab chiqariladi, — deydi investor. — Lekin O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta xom ashyosi sifatliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Qo‘rg‘on gruk» MCHJ bilan hamkorlikda arablar milliy kiyimlarini tayyorlashni rejalashtirdik. Buning uchun Andijonda barcha sharoit bor.

Loyiha amalga oshirilgach, dastlab 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Bu esa «Qo‘rg‘on gruk»ning ishlab chiqarish sur’ati uch barobar ortishiga sabab bo‘ladi. Hamkorlikdagi rejalar ijobati natijasida qo‘rg‘ontepalik chevarlar tomonidan tikilgan mahsulotlar «Al Andijoniy» brendi ostida dunyo bozoriga kirib boradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Juma namozining vaqti

7.02.2025   3848   1 min.
Juma namozining vaqti

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُصَلِّي الْجُمُعَةَ حِينَ تَمِيلُ الشَّمْسُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam jumani quyosh oqqan paytda o‘qir edilar».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا نُصَلِّي مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْجُمُعَةَ، فنَرْجِعُ وَما نَجِدُ لِلْحِيطَانِ فَيْئًا نَسْتَظِلُّ بِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan jumani o‘qir va qaytar edik, o‘zimizni soya­ga olish uchun devorlarning soyasini topmas edik».

Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.

عَنْ عَمْرِو بْنِ عَبَسَةَ قَالَ: كَرِهَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الصَّلَاةَ نِصْفَ النَّهَارِ إِلَّا يَوْمَ الْجُمُعَةِ؛ فَإِنَّ جَهَنَّمَ تُسْجَرُ إِلَّا فِي يَوْمِ الْجُمُعَةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيُّ.

Amr ibn Abasadan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma kunidan boshqa paytda kunning qoq o‘rtasidagi namozni xush ko‘rmaganlar. Chunki (bu paytda) jahannam juma kunlaridan boshqa vaqtda qizitiladi».

Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyat qilgan.


«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan

Maqolalar