Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Iyun, 2025   |   4 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
29 Iyun, 2025, 4 Muharram, 1447

Nishonga urilgan gaplar: “Otangni urgan qamchingni saqlab qo‘y, bolangga kerak bo‘ladi!”

19.07.2019   5455   3 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Otangni urgan qamchingni saqlab qo‘y, bolangga kerak bo‘ladi!”

Nishonga urilgan gaplar: “Otangni urgan qamchingni saqlab qo‘y, bolangga kerak bo‘ladi!”

 

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

 

Odamlarning eng boyi bo‘lishni istaysizmi? Aniqmi?

Unda sizga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalarini taqdim etamiz:

«Alloh senga taqsim qilgan narsaga rozi bo‘l, ana shunda odamlarning eng boyi bo‘lasan».

Imom Ahmad, Termiziy va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan.

*****

“Tobeinlar sahobalarning darajalariga yeta oladilarmi?” degan savolga bir olim shunday javob beribdi:

“Sahobalar bu ummatning eng afzal vakillari bo‘lib, tobeinlar ularning darajalariga yeta olmaydilar. Chunki, sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib iymon keltirgan, u zot bilan har kuni birga yurgan, Qur’onni, hadisni, ilmni u zotning o‘zlaridan ta’lim olgan zotlardir. Sahobalarning burunlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak shippaklaridan ko‘tarilgan chang kirib turgan”.

*****

Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh taolo (yaxshi-yomonni ayamay) barchaga birdek balo yuboradi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu

*****

Bilasizmi?

Ayol kishi xursand bo‘lgan paytda gapirishdan to‘xtamas ekan. Ammo siqilgan paytda ko‘proq sukut qilar ekan.

*****

Otangni urgan qamchingni saqlab qo‘y, bolangga kerak bo‘ladi!

*****

To‘yi kuni onasining xonasiga kirib, bir dasta gul qoldirib, yoniga: «Siz men uchun dunyodagi eng go‘zal ayolligingizcha qolasiz. Sizdan chiroyligi yo‘q» degan maktub qoldirdi.

«O‘ylar, hikmatlar va ibratlar»

*****

Sigirni banan o‘t-o‘landan lazzatliroq ekaniga ishontirishga urinma. Balki sigir yaxshi ko‘rib iste’mol qiladigan taom bilan seni nima ishing bor degan gapga o‘zingni ishontir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

  • Katta aqllar fikrlarni muhokama qiladi.
  • O‘rtacha aqllar voqealarni muhokama qiladi.
  • Kichkik aqllar shaxslarni muhokama qiladi.

 “Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Agar xotiralaring orzularingdan ko‘payib ketsa, endi sen yosh yigit emassan.

Muhammad Ratyon

*****

Odamlar orzularingni chilparchin qilgani uchun ularni malomat qilma. Balki ulardan ko‘p narsa kutganing uchun o‘zingni malomat qil!

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Xodim edim, mudirimni tanqid qildim. Keyinchalik o‘zim mudir bo‘ldim va o‘shanda uning haq ekanini tushunib yetdim.

Talaba edim, muallimimni tanqid qildim. Keyinchalik o‘zim muallim bo‘lganimda, o‘shanda muallimim haq bo‘lganini anglab yetdim.

Kichkinaligimda otam menga qattiqqo‘lik qilsa, bu ish menga yoqmasdi. O‘zim ota bo‘lgach, otamning o‘shanda tutgan yo‘li to‘g‘riligini tushunib yetdim.

Zamon o‘tib, sizga qilingan muomalalarning to‘g‘riligini tushunib yetishingizdan oldin o‘sha insonlarning sizga bo‘lgan munosabatlarini, qayg‘urishlarini to‘g‘ri tushuning, qadrlang, agar ular bu yo‘lda biroz qo‘pollik qilsalar, ularga uzr istang, kechiring, ularga shirin so‘z va go‘zal muomalada bo‘ling.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Chumchuqlar farzandlariga qullikni meros qilib qoldirmasligi uchun qafas ichiga in qurmaydi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Alloh ularni yaxshi ko‘radi

28.06.2025   3561   1 min.
Alloh ularni yaxshi ko‘radi

"Ular yengillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir" (Oli Imron surasi, 134-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim jannatda binolar qurilishini va darajalari ko‘tarilishini xohlasa, zulm qilganni afv etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin" (Imom Hokim rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy alayhissalom: "Qiyomat kuni bir jarchi, odamlarni afv qilganlar qani? "Robbingiz huzuriga mukofotingizni olgani keling", deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir", deganlar.