“Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikda uch marta nafas olar edilar” (Imom Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz tik turib ichmasin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Doktor Abdurazzoq Kilyaniy aytadi: "Suvni o‘tirib ichish sog‘liq uchun foydalidir. Bunda insonning oshqozoni tinch va bo‘shashgan holatda bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida suvni oshqozonga hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ri kelib tushishini ta’minlaydi. O‘tirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib, kislotali muhit bilan qorishadi, so‘ngra organizmdagi mikroblarni tozalaydi va o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Bu inson organizmini turli kasalliklardan himoyalanashiga sabab bo‘ladi. Inson tik turib suv ichganda esa, suv to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka o‘tib ketadi. Bu inson salomatligi uchun zararlidir".
“Albatta, Alloh taolo banda taom yeb Unga hamd aytganidan, ichimlik ichib, Unga hamd aytganidan rozi bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
Cavol: Tilla yoki naqd pulim yo‘q. Ammo 600 gramm kumushim bor. Shu kumushdan zakot beramanmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Kumushning nisobi ikki yuz dirham, ya’ni 595 grammga teng. Kimda shu va shundan ko‘p miqdordagi kumushi bo‘lib, bir yil o‘tgan bo‘lsa, qirqdan birini zakot sifatida beradi. Tilla va kumushda qiymat emas, vazn hisobga olinadi. Shu sababli kumushning narxi zakot nisobiga yetmasligi mumkin, ammo vazn jihatdan yetgani uchun zakot beriladi. Zakot berishda, kumushning o‘zidan yoki qiymatidan bersa ham bo‘ladi (“Bado’ius-sanoi’” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.