“Zuyuful malik” – “Qirol mehmonlari” har yilgi haj va umra mavsumi mobaynida Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan dunyoning turli davlatlaridan taklif etiladigan ziyoratchilar hisoblanadi.
Mana, bir necha yildir-ki, diniy-ma’rifiy sohada uzoq yil xizmat qilgan, elu yurt oldida obro‘ e’tiborga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz muborak haj va umra ziyoratini “Zuyuful malik” – “Qirol mehmonlari” sifatida ado etib kelishmoqda. Bu yilgi Haj-2019 mavsumida ham “Qirol mehmonlari” sifatida Haj ibodatini ado qilish uchun diniy-ma’rifiy sohada uzoq yil xizmat qilgan 10 nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketish taraddudini ko‘rishmoqda.
Kecha, 16 iyul kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ular bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda ziyoratchilarimiz uchun muborak safar davomida e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar, kerakli tavsiya va maslahatlar berilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirol mehmonlari” haj ibodatini ado etish bilan birga, Madinai munavvara va Makkai mukarramadagi muborak maskanlarga ziyoratga borishadi hamda e’tiborli shaxslar bilan uchrashadilar. Uchrashuv so‘ngida muborak safarga otlangan ziyoratchilarimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar natijasi o‘laroq, diniy sohada uzoq yil xizmat qilgan xodimlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Qirol mehmonlari”ning Haj safari joriy yilning 3 avgust kunidan 16 avgust kuniga qadar davom etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Nabiy alayhissalom: "O‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birovlarga ham ravo ko‘rmas ekansiz, hech biringiz chin mo‘min bo‘la olmaysiz", deganlar.
Ali roziyallohu anhu aytadilar: "Biz Islomdan oldin boy bo‘lish uchun pulni yig‘ish kerak deb o‘ylar edik. Keyin bilsak, boy bo‘lish uchun uni sarflash (ehson, sadaqa qilish) kerak ekan".