O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2019-2020 o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15 iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi.
Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.
Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019 yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.
Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda international@iiau.uz va +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.
O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.
Murojaat uchun:
+998907888745
+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)
+998712449593
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil topganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda Islom: tarixiy an’analar va zamonaviy imkoniyatlar” mavzusida nufuzli xalqaro anjuman o‘tkazildi. Unda turli davlatlardan kelgan islom ulamolari ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari G‘ulomiddin Xolboyev ham qatnashib, “Sun’iy ong (intellekt) va uning hukmi” mavzusida chiqish qildi.
Darhaqiqat, sun’iy ong (SO) – odam kabi fikrlab, qo‘yilgan muammoga yechim topishga yo‘naltirilgan bugungi texnologiya. Garchi u turli uskuna va jihozlar ko‘rinishida bo‘lsa ham, qaror qabul qilish, insoniy xulq-atvorga taqlid qilish kabi qobiliyatlarga ega.
Axborot asri deb atalayotgan bugunga kelib ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda ham tez va shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Taraqqiy etgan o‘lkalarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kengayib, u ko‘plab sohalarga kirib bormoqda. Ushbu “ong”ning shar’iy hukmiga aniqlik kiritish zamona faqihlari oldida turgan muhim vazifalardan. Zero, undan musulmonlar ham keng miqyosda foydalanmoqda.
O‘zbekiston ulamolari vakili G‘ulomiddin domla Xolboyevning chiqishi shu ma’noda katta qiziqish bilan tinglandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati