Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2025   |   22 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:33
Peshin
12:32
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:45
Bismillah
16 Avgust, 2025, 22 Safar, 1447

Zafarobod tumanidagi “Umar ibn Xattob” masjidiga birinchi g‘isht qo‘yildi

15.07.2019   3262   1 min.
Zafarobod tumanidagi “Umar ibn Xattob” masjidiga birinchi g‘isht qo‘yildi

Joriy yilning 10 iyul kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Umar ibn Xattob” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi. Marosimda Zafarobod tumani hokimi I.Qarshiboyev, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov va boshqalar ishtirok etishdi.

Masjidimiz binosi 2000 yili qurilgan bo‘lsada, biroq bugungi kunga kelib xonaqoh va tahoratxona tagidan yemirilib, avariya holatiga kelib qolgan edi. Sababi bu yerlarda sho‘rlanish kuchli. Yangi quriladigan masjidda albatta ana shu sharoitlar hisobga olingan holda zaruriy chora-tadbirlar ko‘riladi”, deydi masjid imom-xatibi Faxriddin Rasulov.

Yangi masjid sig‘imi 250 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, shu yilning yakuniga qadar bitkazilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari xalq hashari va mahalliy tadbirkorlar ko‘magida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda Jizzax viloyatida “Boymoqli”, “Qoratepa” (Zomin t.), “Yangiqishloq” (Do‘stlik t.), “Yangiqishloq-2” (Forish t.) “Jizzaxlik” (Sh.Rashidov  t.) masjidlari qulay sharoitlarga muvofiq holda yangidan qurilmoqda.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

16.08.2025   2106   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahridagi "To‘ra Buva" jome masjidi imom-xatibi Umidjon domla Sodiqovning otalari Anvar hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Umidjon domla Sodiqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari