Agar osmondan suv emas, balki uning atomlari bo‘lgan vodorod va kislorodning o‘zi yog‘sa, odamlar kuyish, terining o‘yilishi natijasida halok bo‘lgan bo‘lardilar.
Agar farazan o‘sha atomlar odamlarni halok qilmagan taqdirda ham, hech bir laboratoriya vodorod va kislorod atomlarini bir-biriga qo‘shib, suv hosil qilolmagan bo‘lardi.
Yerdagi laboratoriyalarda kislorod va vodorod atomlari biriktirilsa, suv emas, portlovchi modda hosil bo‘lar ekan.
Qolaversa, hech bir olim, kimyogar, fizik va boshqa sohaning akademiklari jam bo‘lib, barcha moddiy va texnik imkoniyatlarni ishga solsalar ham bitta kichkina yomg‘irli bulutni hosil qila olmaydilar.
Bizga esa hech bir sarf-xarajatsiz osmondan baraka yomg‘irlari yog‘adi.
Bu Robbimizning biz ojiz bandalariga ko‘rsatgan ulkan marhamatlaridan biridir!
U Zot Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:
وَهُوَ الَّذِي أَرْسَلَ الرِّيَاحَ بُشْراً بَيْنَ يَدَيْ رَحْمَتِهِ وَأَنزَلْنَا مِنَ السَّمَاءِ مَاءً طَهُوراً لِنُحْيِيَ بِهِ بَلْدَةً مَّيْتاً وَنُسْقِيَهُ مِمَّا خَلَقْنَا أَنْعَاماً وَأَنَاسِيَّ كَثِيراً
“U O‘z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik. U ila o‘lik yurtni tiriltirishimiz va o‘zimiz yaratgan ko‘plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug‘orishimiz uchun” (Furqon surasi, 48-49-oyatlar).
Allohning ulkan ne’mati bo‘lmish suvni iste’mol qilayotganimizda Robbimiz bizga naqadar Mehribon, Marhamatli ekanini o‘ylab ko‘raylik!
Nozimjon Hoshimjon
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati