Hamdardlik maktublari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Islomxon Alimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlat muftiylari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda. Ularning ayrimlari mazmunini e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi,
muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga,
Hurmali Muftiy hazratlari!
Ukangiz Islomxon Alimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan eshitdim. Shu munosabat bilan shaxsan o‘z nomimdan, Ulamolar Kengashi va Qozog‘iston musulmonlari nomidan Sizga chuqur ta’ziya bildiraman. Alloh taolo marhumni O‘z rahmatiga olib, gunohlarini mag‘firat etsin.
O‘zbek-qozoq xalqlari azal-azaldan bir-birlariga og‘a-inidir. Qadimdan quvonchli yoki qayg‘uli kunlarida bir-birimizga yelkadosh bo‘lib kelayotgan elmiz. Qozog‘iston musulmonlari Sizning boshingizga tushgan musibatga ulug‘ ajr-savoblar berishini Haq taolodan so‘rashmoqda. Din xizmatida bo‘lgan Qozog‘istondagi ulamolar va imom-xatiblar ham duoda bo‘lmoqda.
Haq taolo Sizga va marhumning yaqinlariga chiroyli sabr berib, iningiz Islomxon Alimovning imonini salomat aylab, jannat xushxabari bilan xushlantirsin.
Ehtirom ila,
Qozog‘iston musulmonlari
idorasi raisi, muftiy Serikbay hoji ORAZ
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi,
muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga,
Hurmali Muftiy hazratlari!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga ukasi Islomxon Alimovning vafoti munosabati bilan Qirg‘iziston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi va shaxsan o‘z nomimdan chuqur ta’ziya bildiraman.
Bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qilgan iningiz Islomxon Alimovni Alloh taolo o‘z rahmatiga olib, gunohlarini mag‘firat aylasin. Yotgan joylarini jannat bog‘chalaridan bir bog‘cha aylab, Oxiratda jannatdan munosib joy bersin.
Haq taolo Sizga va marhumning yaqinlariga chiroyli sabr berib, ortda qolgan farzandu arjumandlarini solihlardan aylasin. Qilgan amallarini maqbul qilib, imonlarini salomat aylasin.
Ehtirom ila,
Qirg‘iziston musulmonlari idorasi
Ulamolar Kengashi raisi Habibulloh hoji Qodirberdiyev
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati