Quyida insonning boshqa jonzotlardan ustun turishiga dalolat qiladigan ma’lumotlar keltiriladi:
Inson – libos kiyadigan yagona jonzotdir. Boshqa jonzotlar kiyimsiz yuradi.
Inson – quruqlikda yurish uchun ulovga (mashina yasab, unga) mina oladigan yagona jonzotdir. Boshqa birorta jonzot ulovga minmaydi.
Inson – dengiz, ummonda yurish uchun kema yasay oladigan yagona jonzotdir. Boshqa birorta jonzot kema yasay olmaydi.
Inson – havoda uchish uchun samolyot yasay oladigan yagona jonzotdir. Boshqa birorta jonzot samolyot yasay olmaydi.
Inson – kosmosga chiqish uchun fazo kemasi yasay oladigan yagona jonzotdir. Boshqa birorta jonzot kosmik kema yasay olmaydi.
Inson – gapira oladigan, til o‘rgana oladigan, o‘sha til orqali boshqalar bilan gaplashib, fikrini bayon eta oladigan yagona jonzotdir.
Inson – yozishni o‘rganib, fikrini qog‘ozga tushira oladigan yagona jonzotdir. Boshqa jonzotlar qalam ushlashni, yozishni bilmaydi.
Inson — Qur’on o‘rgatilgan jonzotdir.
Inson — Din degan omonatni zimmasiga olgan jonzotdir.
Inson — eng go‘zal suratda yaratilgan jonzotdir.
Inson — pok narsalar rizq qilib berilgan jonzotdir.
Inson — Alloh taoloning Yer yuzidagi o‘rinbosaridir.
Alloh taolo O‘zining elchilari - rasul va nabiylarni insonlardan tanlab oldi.
Alloh taolo O‘zining Kitoblarini insonlarga nozil qildi.
Alloh taolo insonga «Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz» degan. Robbimiz boshqa birorta jonzotga bu gapni aytmagan.
Alloh taolo barcha jonzotlar va kattayu kichik narsalarni insonning xizmatiga bo‘ysundirib qo‘ygan.
Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
Muborak Ramazon kunlarida ehtiyojmand insonlarga yordam berish, ularni xursand etish Islom dinida buyuk fazilat sanaladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Mehribonlik va saxovat muhiti hukm surgan tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak oy bilan tabrikladi.
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi ekani, bu oyda mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ziyoda qilib, mustahkam birodarlik va bag‘rikenglik bilan yashashga da’vat etilgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash inson uchun ikki dunyo saodatiga eltadigan fazilat ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida mehmonlarga taom tortilib, duolar qilindi va xayrli amallarga targ‘ib etildi. Tadbir ishtirokchilari xayriya iftorligi tashkilotchilariga va saxovatli insonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar. Mana shunday xayrli tadbirlar orqali yurtimizda mehr-muruvvat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash fazilatlari yanada mustahkamlanishi qayd etildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati