Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2025   |   29 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:31
Asr
17:12
Shom
19:14
Xufton
20:32
Bismillah
23 Avgust, 2025, 29 Safar, 1447

Okeanning eng chuqur joyi haqida bilasizmi?

11.07.2019   4020   1 min.
Okeanning eng chuqur joyi haqida bilasizmi?

Yerning eng baland nuqtasi – Everest cho‘qqisi (8848 m). Okeanning eng chuqur joyi - Mariana botig‘i.

Bu botiq Mariana orollari hududida joylashgan bo‘lib, uning eng chuqur nuqtasi 11035 metr.

1960 yilda insoniyat ilk bor ushbu botiqqa tushishga erishdi. Amerikalik Don Uolsh va shveysariyalik okeanolog Jak Pikar «Triyest» nomli batiskafda dunyoning eng chuqur nuqtasiga tushdilar.

Ushbu botiqdagi bosim dengiz sathidagi tabiiy bosimdan 1100 marta ortiqdir. Bu degani - botiqda 1 sm.ga tushadigan og‘irlik 1 tonnayu 74 kg atrofida bo‘ladi.

Quyosh nuridan, yorug‘likdan butunlay uzilgan muhit. Ammo shu yerda ham hayot bor ekan. Kattaligi 30 sm keladigan, kambalaga o‘xshagan baliqlar, mollyuskalar, kattaligi 10 sm. keladigan o‘ta zaharli ulkan amyobalar (aslida amyobalarni faqat mikroskop orqali ko‘rish mumkin) shu sharoitda yashar ekan.

Quyidagi rasmlarda Mariana botig‘iga tushgan “Triyest” batiskafi va undagi sayyohlar hamda u yerda yashaydigan jonzotlar keltirilgan.

 

Internet ma’lumotlaridan Nozimjon Iminjonov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qachon banda namoz o‘qisa

22.08.2025   2866   1 min.
Qachon banda namoz o‘qisa

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytadilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: "Qachon banda namoz o‘qigani tursa, gunohlari uning boshi va yelkasi ustiga olib kelinadi. Har gal ruku va sajda qilganida gunohlari birin ketin to‘kiladi" (Imom Bayhaqiy rivoyati).