Falastinlik shahidlar oilalaridan 1000 kishining haj ziyoratini amalga oshirishi uchun kvota ajratildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining rasmi SPA agentligiga tayanib Azon internet nashri xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, falastinliklar qirol Salmonning mehmoni bo‘ladi. Ular maxsus samolyotlarda Saudiya Arabistoniga olib kelinadi. Falastinliklarning hajga kelishini tashkillashtirish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Misr va Iordanidagi elchixonalariga ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili jami 2 million 371 ming 675 kishi haj ziyoratini amalga oshirgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati