Sayt test holatida ishlamoqda!
04 May, 2025   |   6 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:17
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:27
Xufton
20:51
Bismillah
04 May, 2025, 6 Zulqa`da, 1446

Muftiy hazrat Pokiston Bosh muftiysi bilan uchrashdi

10.07.2019   3278   1 min.
Muftiy hazrat Pokiston Bosh muftiysi bilan uchrashdi

9 iyul kuni Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Muhammad Taqiiy Usmoniy hazratlarining akasi, Pokiston Bosh muftiysi Muhammad Rafiiy Usmoniy hazratlari bilan uchrashdilar.

Muloqot davomida O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston davlatlari ulamolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, diniy ta’lim berish sohasida ustozlar va talabalar almashinuvini tashkil etish borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Safar va suhbat jarayonlari haqida saytimizda batafsil yoritamiz.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

02.05.2025   4494   1 min.
Sog‘lik so‘rab o‘qiladigan duo

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالعِفَّةَ وَالْأَمَانَةَ وَحُسْنَ الْخُلُقِ وَالرِّضَا بِالقَدَرِ

O‘qilishi: Allohumma inniy as’alukas-sihhata val ’iffata val amanata va husnal xuluqi var-rizo bil qodar.

Ma’nosi: Allohim! Sendan salomatlik, iffat, omonatdorlik, go‘zal xulq  va taqdirga  rozi  bo‘lishni so‘rayman.