Musulmon kishi xoh yerda bo‘lsin, xoh u samoda bo‘lsin, halol hisoblangan rizqlardan iste’mol qilish buyurilgan. Joriy yil sentyabr oyida Birlashgan Arab Amirligi fuqarosi Hazza Ali al-Mansur rus kosmik kemasi bilan fazoga sayr qiladi. Bu astronavt musulmon bo‘lgani uchun xalqaro kosmik stansiyadagi fazogirlar oziq-ovqatini ta’minlovchi «Space Food Laboratory» shirkati, musulmon kishi fazoda iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan halol oziq-ovqatlarni tayyorlab, kosmik stansiyaga jo‘natadi.
Birlashgan Arab Amirliklari kosmonavtini Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish 2018-yilda Rossiya bilan imzolagan kelishuvga muvofiq amalga oshirilmoqda. Hazza Ali al-Mansuriy rossiyalik kosmonavt Oleg Sribucchak va amerikalik astronavt Jessika Mir bilan birga «Soyuz-15» rusumli kosmik kemada fazoga yuboriladi. Al-Mansuri Xalqaro kosmik stansiyasida sakkiz kun turadi va keyin yerga qaytadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati