5 iyul kuni Farg‘ona viloyatida mehnat qilayotgan imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Salim Qodirov o‘z ixtiyoriga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi va “Xonaqoh” jome masjidi imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ubaydulloh domla Abdullayevga ushbu mas’uliyatli vazifada Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi