Sayt test holatida ishlamoqda!
04 May, 2025   |   6 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:17
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:27
Xufton
20:51
Bismillah
04 May, 2025, 6 Zulqa`da, 1446

Katta yo‘l yoqasidagi masjid qaytadan quriladi

17.06.2019   3953   2 min.
Katta yo‘l yoqasidagi masjid qaytadan quriladi

Parvardigorimizga shukurki, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik hamda muqaddas dinimiz, bebaho qadriyatlarimizni asrab avaylashga bo‘lgan davlat darajasidagi e’tibor sabab, masjidlarimiz ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Binolari eskirib, nurab qolgan masjidlar o‘rnida yangi masjidlar qad rostlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish  ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 120-son qaroriga muvofiq hududlarda faoliyat yuritayotgan masjidlarning eski binolarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra Respublika bo‘yicha 159 ta masjid to‘liq qaytadan quriladi.

Ana shu dasturga muvofiq “Siroj solih”, “To‘qmoq ota”, “Xo‘jakent”, “Sori eshon Abdali” masjidlarining qayta qurilishiga ilk g‘isht qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha Jizzax viloyati Forish tumanidagi "Yangiqishloq" jome masjidi binosi qurilishiga ilk tamal toshi qo‘yildi. Marosimda Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari E.Ismatov, viloyat bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov va boshqa mutasaddilar, masjid jamoati ishtirok etdilar. Yig‘ilganlar xayrli duo, ezgu niyatlar bilan tabarrukona birinchi g‘ishtni qo‘yib berdilar. Masjid tez orada qad ko‘tarib, hudud aholisining diniy-ma’rifiy bilimlari, axloqi, ibodatlari uchun munavvar maskan bo‘lib xizmat qilishini tiladilar.

Alohida qayd etish lozimki, mazkur masjid Jizzax-Nurota-Navoiy katta yo‘li yoqasida joylashgan bo‘lib, ziyorat turizmi hamda mahalliy yo‘lovchilarning ibodatlarini ado etib olishlari  uchun qulay nuqta hisoblanadi. Shu bois, olti sotixdan ortiq maydonda qurilayotgan yangi masjid 800 kishini sig‘dira oladigan katta xonaqoh, tahoratxona, ayollar uchun namozxona, qo‘shimcha ma’muriy xonalardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, masjid hovlisida yordamchi xo‘jalik tashkil etilib, issiqxona barpo etish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi 

 

 

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

02.05.2025   3342   1 min.
Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

Savol: Hozirgi kunda ayrim odamlar qabristonlardan o‘zlari, oilasi uchun yer sotib olib, sag‘ana qildirib qo‘yishmoqda. Bu ishlari to‘g‘rimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qabristonlar omma foydalanishi uchun hukumat tarafidan berilgan umumiy joy hisoblanadi, hech kimning shaxsiy mulki emas.

Shunga ko‘ra unga kimdir egalik qilishi, u joydan yer sotishi yoki sotib olishi mumkin emas. Bizdan avvalgi avlodlar, ota-bobolarimiz qabristondan biror narsani olishga, hatto qurigan giyoh olishdan ham cho‘chiganlar.

Hozirda ham ayrim odamlar qabristondagi meva va o‘t-o‘lanlardan foydalanish haqida ko‘p savol berishlari bejizga emas, ana shu hadikdan paydo bo‘lgan. Ammo ming afsuski, ayrim odamlar tomonidan kimlar bilandir til biriktirib, yer sotib olish holati oz bo‘lsa-da, paydo bo‘lmoqda. Bundan ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki bu nohaqdan yer olish hisoblanadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qattiq ogohlantirib, bunday deganlar: “Kim bir qarich yerni nohaqdan olsa, qiyomat kuni uni yetti qavat yer yutadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Sa’id ibn Zayd roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir qarich yerni zulm ila olsa, qiyomat kuni uning bo‘yniga yetti qavat yer osib qo‘yiladi”, deganlar (Muttafaqun alayh).

Bu ishning qanchalik og‘ir ekanini tushunmagan odamlar turli vositalar bilan bir qarich bo‘lsa ham birovning yerini o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladilar. Islomda bu ish zulm hisoblanadi va katta gunoh sifatida qoralanadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar