Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2024   |   26 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:24
Bismillah
27 Dekabr, 2024, 26 Jumadul soni, 1446

“Xafa bo‘lish yo‘q”mi yo bor??

17.06.2019   4369   3 min.
“Xafa bo‘lish yo‘q”mi yo bor??

Yurtimizda barcha sohalar qatori televideniye sohasiga ham keng imkoniyat berildi. Ko‘plab yangi ko‘rsatuvlar tashkil bo‘ldi. Mahatma Gandi: “Men derazamni ochsam, toza havo bilan birga chang ham kiradi”, – deganidek, ko‘plab yaxshi ko‘rsatuvlar qatori, o‘zbek xalqi urf-odat va odob-axloqiga to‘g‘ri kelmaydigan bir nechta ko‘rsatuvlar ham paydo bo‘ldi. Ulardan biri “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvi.

Kun sayin u kabi ko‘rsatuv va videoroliklar soni ortib bormoqda. Ularda o‘zbek xalqi va mentalitetiga umuman yarashmaydigan ssenariy ishlangan. Ular ommalashib ketishidan oldin tartibga solish kerak. Chunki ko‘rinishidan ko‘ngilochar va quvnoq bir ko‘rsatuv bo‘lgani bilan, aslida esa u yaxshilikka olib boradigan, oqibati ijobiy bo‘ladigan ishlardan emas. Ularni ko‘pchilik, ular qatori yosh avlod, bolalar ham ortidagi salbiy oqibatlarini anglamay tomosha qilib o‘tirishmoqda. Bolalar u kabi ko‘rsatuvlarni ko‘rib o‘tirar ekan, ertaga o‘zimizni ustimizdan kuladigan, birovning shaxsiyatini hurmat qilmaydigan inson bo‘lib yetishishi hech gap emas. Bugun u ishlarni oddiy holat deb ko‘rib o‘tirishmoqda, ertaga esa ortidan ergashib o‘zlari ham shu ishni qilishadi.

To‘g‘ri, G‘arbda bu kabi video va ko‘rsatuvlar ko‘p va ularning tomoshabinlar auditoriyasi ham ko‘pdir. Ammo, bu degani biz ham unday ko‘rsatuv va videoroliklar ishlab, tomoshabinlarimiz sonini ko‘paytirishimiz kerak degani emas. Marhum, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Sharqda o‘ziga xos demokratiya”. Bizga g‘arbning barcha ishlari to‘g‘ri kelavermaydi. Islom madaniyati bilan sug‘orilgan o‘zbek xalqiga birovning ustidan kulish evaziga auditoriyani ko‘paytirish yarashadigan ish emas. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zining muborak hadisi shariflarida shunday deydilar:

“Biringiz birodaringizni narsasini o‘ynashib yoki hazillashib olmasin. Agar biringiz birodarining narsasini olsa, bas unga qaytarsin”.
Imom Buxoriy, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati.

Shuningdek, odam ustidan kulish haqida:

“Birodaringizga g‘azablanmang, uni mazah qilmang va unga va’da berib, xilof qilmang”, – deganlar.
Imom Termiziy rivoyati.

Hadislarning mazmuniga e’tibor bersak, yuqorida aytilgan ko‘rsatuv va videolar yaxshi emasligi ko‘rinadi. Bunday ish musulmon shaxsga hech ham yarashmaydi. Qolaversa, ko‘rsatuvda ustidan kulinayotgan va ahmoq qilinayotgan insonga oxirida sovg‘a ham berishar ekan. Agar o‘sha insondan kalaki qilinishidan oldin: “Biz hozir videoga olgan holda shunday shunday ish qilamiz, so‘ng u videoni butun dunyoga e’lon qilamiz. Evaziga esa sizga bir sovg‘a beramiz, shunga rozimisiz?”, – deb so‘ralsa, u hech qachon rozi bo‘lmaydi. Kim butun dunyo nigohida ahmoq bo‘lishni xohlaydi? U bechoralar esa jahli chiqqanidan bir-birlari bilan mushtlashib ketishmoqda, yoki qo‘rqqanidan yuragi ushlab qolmoqda. Bu yaxshi ish emas albatta.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, o‘zbek xalqi doim barcha ishlarda butun dunyoga o‘rnak bo‘lib kelgan. Shunday bo‘lib qolishi kerak ham. Bu video va ko‘rsatuvlarning ba’zi salbiy oqibatini aytib o‘tdik xolos. Faqatgina ular emas, boshqa salbiy oqibatlari ham bor. Biz unday ishlardan ehtiyot bo‘lmog‘imiz lozim.

Alloh xayrli ishlarimizda O‘zi madadkor bo‘lsin

 

4-kurs talabasi
Najmiddinov Baxtiyor

Manbahttps://islaminstitut.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

26.12.2024   7224   1 min.

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.