Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

“Alisher Navoiy” masjidida “Yarashtiruv xona”si tashkil etildi

14.06.2019   3237   1 min.
“Alisher Navoiy” masjidida “Yarashtiruv xona”si tashkil etildi

Navoiy viloyatidagi “Alisher Navoiy” masjidi hududida joylashgan  O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida ajrim yoqasiga kelib qolgan va oxirgi chora sifatida sud hukmiga havola qilingan oilalarni yarashtirish maqsadida “Yarashtiruv xonasi“ tashkil etildi. Bu yerda Yarashtiruv guruhi tashkil qilingan bo‘lib, bilimli, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, muomala va murosoa qila oladigan imomlar va otinoyilar  muammoga duch kelgan oilalar bilan suhbatlashadilar. Dinimiz ko‘rsatmasi, shariat yo‘rig‘ini tushuntiradilar. Isloh qilishga, sabrli bo‘lishga chaqirib, nasihat qiladilar.

“Yarashtiruv xonasi“ nima uchun aynan masjid hududida tanlangani haqida viloyat bosh otinoyisi  Umida Xolova shunday deydi: Allohning kalomi yangrayotgan bu muborak maskanga kelgan har bir inson bu yerda omonlik va sokinlikni his qiladi, ayniqsa qalblarni larzaga keltirib yangrayotgan “Azon” sadosi xar qanday inson qalbini yumshatib ilohiy bir tuyg‘uni qalbiga soladi. Aynan mana shunday ilohiy tuyg‘u bilan qancha-qancha oilalarimiz tiklanib go‘daklarimizni qalbi yana qayta ota–ona mehriga qonish baxtiga musharraf bo‘lib bormoqda. Bir oy mobaynida murojaat qilgan 100 foiz oilalardan 70 foizini yarashtirishga erishildi”.

Er-xotin orasini isloh qilish, oilalar tinchligini saqlab qolishdek ulug‘ ajrga sabab bo‘luvchi mazkur tashabbus jamiyatimiz farovonligi yo‘lida albatta o‘z samarsini beradi, inshaalloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Robbing hukmiga sabr qil!

15.05.2025   4117   1 min.
Robbing hukmiga sabr qil!

Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.

Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"