Inson xushu’ bilan namoz o‘qiganda, miyasidagi bezovtalik va qo‘rquv markazining faolligi susayib, xotirjamlik va sokinlik markazi faollashadi. Ha, namoz insonning salbiy hislardan qutulishiga va rohat-farog‘at ziyoda bo‘lishiga yordam beradi.
*****
Usmonlilar davrida eshikning oldida ikkita bolg‘acha bo‘lgan. Biri kichik, boshqasi katta. Agar eshik kichik bolg‘acha bilan taqqillatilayotgan bo‘lsa, uni chertayotgan ayol kishi ekani anglashilgan va eshikni ichkaridan ayol kishi ochgan. Agar eshik katta bolg‘acha bilan taqqillatilayotgan bo‘lsa, erkak kishi eshikni ochgan.
*****
Fillar keksayib, o‘limi yaqinlashgach, taomni ham chaynashga kuchi yetmay, to‘dasidan uzoqlashib, o‘rmondagi xoli bir joyga borib, o‘lgunicha o‘sha yerda yolg‘iz yashar ekan. Dunyodagi har bir o‘rmonda ana shunday “fillar qabristoni” deb ataladigan joy bo‘lar ekan. Keksa va kasal fil u yerda o‘lgunicha yolg‘izlikda yashar ekan.
*****
O‘tirib suv ichayotganingizda jismingizdan zararli moddalar chiqib ketar ekan. Shularning qatorida buyrak toshlari ham tashqariga haydalar ekan.
Suvni uch marta bo‘lib-bo‘lib ichayotganingizda esa, har safar to‘xtab, nafas olganingizda, havodan kislorod olib, bu bilan tananingizga insulin yuborar ekansiz. Insulin esa tana qandli diabet kasalligi bilan og‘rishining oldini oladi.
*****
Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.
Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.
Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati