Ayni chog‘da Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlandi... Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda...
Jumladan, videoselektorda Prezident shunday dedi:
- Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?
Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga obkelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q.
Faqat qarsak, qarsak, ura-ura...
Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb...
-Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!
-Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..
-Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak...
Manba: https://azon.uz
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.