Makka shahrining diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan «Manzil namozxonasi zali» dunyodagi eng baland namozxona deb e'tirof etildi. Shu bilan birga Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi va tarixga kirdi. Ibodatxona iymon va go'zallik ramzi bo'lib, ikki minora o'rtasida joylashgan.
Manzil namozxonasi zali Jabal Omar Development Company tomonidan qurilgan bo'lib, hashamatli mehmonxona «The Address» Jabal Omar mehmonxonasining bir qismidir.
Namozxona zalining balandligi 165 metrdan iborat.
O'zining ajoyib me'morchiligi bilan ajralib turadigan namozxona mashhur mehmonxonaning ikki minorasini bog'laydigan osma ko'prikda joylashgan bo'lib, Makkaning go'zalligini yana ham ko'rkam holatda taqdim etadi. Zamonaviy uskunalar va xizmatlar bilan jihozlangan namoz zalidan turli millat musulmonlari foydalanishi mumkin.
Jabal Umar mehmonxonasi dunyodagi eng yirik mehmonxonalardan biridir. Mehmonxonaning muqaddas masjid yaqinida joylashgani uning qiymatini yana ham oshiradi.
Mehmonxona dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ziyoratchilarga qulaylik yaratish va yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatish uchun muqaddas masjid atrofini rivojlantirishni maqsad qilgan.
Ushbu kompaniya mashhur mehmonxonadan tashqari Makka shahrining chiroyini yanada yaxshilash uchun bir qancha loyihalar ustida sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.