Saudiya Arabistoni so'nggi yillarda Qirollik mehmonlari tomonidan Islom dinini qabul qilish ko'lami bo'yicha ta'sirchan statistik ma'lumotlarni e'lon qildi.
Mamlakat Islom ishlari, da'vat va irshod vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 5 yilda Saudiya Arabistonida erkak va ayoldan iborat 347 646 nafar kishi Islom dinini qabul qilgan, deb yozadi “IslamNews” “Saudi Gazette” matbuotiga tayanib.
Shuningdek, yildan-yilga Islom dinini qabul qilganlar soni jadal o'sib bormoqda. Agar 2019 yilda Saudiya Arabistonidan 21 654 nafar mehmon musulmon bo'lgan bo'lsa, 2023 yilda ularning adadi 163 319 kishiga etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV