Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressida joriy yil Ramazon oyida amerikalik kongressmenlar uchun ilk bor iftorlik tashkil etildi. Iftorlikda AQSH Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari va xodimlari ishtirok etishgan.
islam.ru nashrining xabariga ko‘ra, iftorlik Vakillar palatasi a’zolari Ilxan Omar (Minnesota shtatidan), Andre Karsonom (Indiana shtatidan), Rashida Tlaib (Michigan shtatidan)larning tashabbusi bilan Musulmon huquqshunoslar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
2018 yil noyabrida AQSH Kongressi Vakillar palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ikki nafar musulmonlar saylovda ilk bor g‘alaba qozongan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.
Vaqf.uz