Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Ro‘za tutmaslikka sabab bo‘luvchi uzrlar

21.05.2019   38719   2 min.
Ro‘za tutmaslikka sabab bo‘luvchi uzrlar

Tanlovga!

Ro‘za tutmaslikka sabab bo‘luvchi uzrlar

Hukmlarining yengilligi va buyruqlarining moslashuvchanligi borasida Islom dinning katta ustunligi Ro‘zada o‘z aksini topgan. Va shuningdek, Alloh taoloning ro‘za oyatida:

يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ

“Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamaydi.”  (Baqara surasi 185- oyat) - deyishligi bilan Islom naqadar yengil ekanligi namoyon bo‘ladi.

Shuning uchun, ro‘za tutishlik mashaqqatli yoki uzrli bo‘lgan hollarda ro‘za tutmaslik joiz bo‘ladi. Bunday holatlar esa 2 turga bo‘linadi:

1)Ro‘za tutmaslikni muboh qilib, qazosini vojib qiluvchi holatlar.

2)Ro‘za tutmaslikni muboh qilib, fidyani vojib qiluvchi holatlar.

1) Ro‘za tutmaslikni muboh qilib, qazosini vojib qiluvchi holatlar:

-Safar. Islom o‘z shahridan shar’iy safar masofasicha uzoqda bo‘lgan musofir kishiga ro‘za tutmaslikka ruxsat beradi.

-Kasallik.  Bemor – kasalligi ziyoda bo‘lib ketishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaslik joiz bo‘ladi.

- Homilador va emizikli ayol. Homilador yoki emizikli ayol - o‘zidan yoki farzandidan xavfsirasa, Islom bunday muslimaga ro‘za tutmaslikka ruxsat beradi.

- Halok bo‘lishdan xavfsirash. Agar ro‘zadorga qattiq chanqoq va ochlik yetib, o‘lib qolishdan xavfsirasa, unga ham ro‘za tutmaslik muboh bo‘ladi va qazosi vojib bo‘ladi.

2)  Ro‘za tutmaslikni muboh qilib, fidyani vojib qiluvchi holatlar:

- Bunday uzr bittagina holos. U ham bo‘lsa, tuzalmas kasallik va doimiy zaiflik sabab ro‘za tutishlikdan doimo ojiz bo‘lish.

 Bunga «Shayxul foniy» ya’ni doim ro‘za tutishdan ojiz va tuzalishlikdan umidini uzgan bemor kishilar kiradi. Agar bunday kishilar qishin-yozin ro‘za tutishlikdan ojiz bo‘lsalar, bunday holatda ro‘za tutmaydi va tutmagan  har bir kuniga fidya to‘laydilar.

«Fiqhul Hanafiy fi savbihil jadid» kitobi asosida tayyorlandi.

Toshkent Islom instituti talabasi

Muhammad Ali Muhyiddin

 

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar
Videolar

Hajga boraman deb aldanib qolmang!

05.05.2025   3217   1 min.

Zayniddin domla Eshonqulov 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

VIDEO