Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Xorijdagi vatandoshlarimizni hayratiga solgan “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi, AQSHdagi iftorlik - targ‘ibot tadbirlari haqida

20.05.2019   1920   5 min.
Xorijdagi vatandoshlarimizni hayratiga solgan “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi, AQSHdagi iftorlik - targ‘ibot tadbirlari haqida

AQSH va Rossiya Federatsiyasida xatmi Qur’on o‘tkazib berayotgan o‘zbekistonlik qorilar u joydagi vatandoshlarimiz, mehnat muhojirlari bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqdalar.

Qorilarimizning xabar berishlaricha, iftorlik marosimlari, turli tadbirlarda mahalliy aholi va o‘zbek vatandoshlar bilan qizg‘in suhbatlar bo‘lmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda bo‘layotgan diniy ma’rifiy islohotlar, ochilayotgan yangi masjidlar, ko‘rkam va betakror qiyofa kasb etayotgan majmualar ularda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi Rossiyadagi vatandoshlarimizni hayratiga soldi

Yaqindagina Prezidentimiz ochib bergan “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” nomlariga barpo bo‘lgan majmuani, u yerda o‘tkazilayotgan taroveh namozini vatandoshlarimiz va mahalliy musulmonlarga internet orqali mobil telefonimizda qo‘yib berdik. Shayx hazratlarini bu yerda yaxshi bilishadi. Islom olamida mashhur olimning nomlari chinakam qadr topibdi, deya quvonishdi. O‘zbekistonga borib, bu masjidni ziyorat qilish niyatlari tug‘ilganini bildirishdi”, deydi Stavropol o‘lkasida bo‘lib turgan vakilimiz Oybek qori Rahmonov.

 

 

O‘zbekistonlik qorilarga ishonch katta

 Chuvashiya Respublikasi, Cheboksari shahrida faoliyat olib borayotgan vakilimiz Abdullatif qori Rustamjonov u yerdagi millatdoshlarimizga halol kasb-hunar tartibotlari, islomda poklik,  bandaga ato etilgan ne’matlarga shukur qilishlik va ro‘zaga oid masalalarda namozdan so‘ng mav’izalar qilmoqda.

“O‘zbekistonlik qorilar jahondagi boshqa murattab va mujavvid qorilardan aslo kam emas. Bularning hammasi O‘zbekistonda Qur’onga bo‘lgan yuksak ehtirom va e’tibor”, deb fikr bildirishmoqda deydi vakilimiz.

 

 

Namoz, ro‘za va diniy marosimlarga oida savollar ko‘p beriladi

Xabarovsk viloyatidagi masjidlarda xatmi Qur’on qilib berayotgan Oqiljon Isxoqov va Abdulhakim Xotamovlar u joydagi diniy idora tavsiyasiga binoan peshin, asr namozlaridan so‘ng masjid jamoati, xususan, o‘zbek, qirg‘iz, tojik millatiga mansub namozxonlarga turli mavzularda: Islom arkonlari, hadislar, islom tarixi, gunohi kabiralar va boshqa mavzularda mav’izalar qilib berishmoqda. Namozxonlarning savollariga javob berishmoqda. “Ayniqsa, namoz, ro‘za, marosimlar va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq savollar ko‘proq beriladi”,  deydi Oqiljon qori Isxoqov.   

 

 

 

O‘zbkistondagi 2500 ga yaqin qori AQSHda alohida e’tirof etildi

AQSHda bo‘lib turgan vakilimiz Muhammadiy qori Ergashev Turkiston-Amerika jamiyati tomonidan tashkil etilgan iftorlik marosimida ishtirok etdi. Muhammadiy Ergashev o‘zbek vatandoshlarimizga yurtimizda so‘nggi yillardagi diniy-ma’rifiy soxadagi islohotlar, xayrli tashabbuslar haqida so‘zlab berdi.

“Jahon ilm fani tamadduniga hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarning boy merosini tadqiq etish, yosh avlodga yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, islom ilmlariga oid maktablar, Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi, qolaversa,  Ramazon oyida 1200 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur’onlarning o‘tkazilayotgani, ularda 2500 ga yaqin qorilar qatnashayotgani haqidagi ma’lumotlar millatdoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi”, deydi Muhammadiy Ergashev.

 

 

“Bizni xursand qilgan narsa mahalliy aholini o‘zbek millati haqidagi bildirgan ijobiy fikrlari bo‘ldi”

Chuvashiya Respublikasidagi yana bir qorimiz Fazliddin Mamadaliyev ham u joydagi mehnat muhojirlari, mahalliy aholi bilan  urashuvlar, diniy suhbatlardagi taassurotlarini quyidagicha bayon etdi:

“Suhbatlarda biz qanday buyuk millat farzandlari, imom Buxoriy, Termiziy, Nasafiy, Naqshbandiy kabi zotlarning avlodi ekanligimizni, bu millat sha’niga dog‘ tushirmaslik, aksincha, qayerda bo‘lsak ham vatan, millat obro‘sini yuksaklarga ko‘tarishimiz kerakligini hayotiy misollar, oyat hadislar bilan tushuntirib berildi. O‘zga yurtlarga kelib mehnat qilayetgan, uni hech kim tanimasligi, bilmasligi mumkin bo‘lgan oddiy ishchi orqasida buyuk bir millat borligini esdan chiqarmaslikni uqtirildi. Bizni xursand kilgan narsa mahalliy axolining o‘zbek millati haqidagi bildirgan ijobiy fikrlari bo‘ldi. Yurtimizdan kelgan vatandoshlarimiz o‘z minnatdorchiliklarini, ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarafidan berilayotgan bunday etibordan juda mamnun ekanliklarini o‘zlarining sodda, oddiy fikrlari bilan izhor kilishdi”.

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi

14.05.2025   384   1 min.
Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.


Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masjidlar qurish, ta’lim olish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordamga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.


Bugungi qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.


Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi Murojaatlar tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi
O'zbekiston yangiliklari