Iymonli kishilarning butun borlig‘ini muborak Ramazon oyining shukuhi to‘la qamragan onlar. Masjidlarimizda Allohning muqaddas Kalomi xatm qilinmoqda. Qalblari Qur’onga tashna mo‘minlar jomelarda qoim bo‘lib, ilohiy kalomga some’ bo‘lmoqdalar.
Bugun 20 May, Muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 15-kunlaridir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.
Bugun 20.05.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:
Qorilar: Abdumajidov Hasanxon, Zabixullayev Abdurazzoq, Tojiddinov Nurulloh
Qorilar: Boborahimov Fazliddin, Salohiddinov Nuriddin
Qorilar: Saidov Hudoyberdi, Shodmonov Sirojiddin, Saydullayev Nurulloh, To‘raqulov Ibrohim
Qorilar: Normatov Najmiddin, Murodullo o‘g‘li Zikrullo
Qorilar: Shukrullayev Muxammad Boburxon, Shukrullayev Muxammad Alixon, Shukurullayev Omilxon
Qorilar: To‘rayev Muhammad, Iminov Omadbek
7. “Labizax”jome masjidi. (Uchtepa tumani, “Xurshid” mahallasi, Atoiy 2-tor ko‘chasi 1-uy. Tel.:+998 93 490-88-85, +97 470-70-11)
Qorilar: Axunjanov Dovud, G‘ofurjonov Ismoil.
Xatmi Qur’ondan keyingi duolar mustajobdir. Ramazonning eng barakotli onlarini qo‘ldan boy bermang, azizlar!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Istiqlolimizning 35 yilligi arafasida Buxoro viloyatidagi imom-xatib va noiblar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha viloyat turniri bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bahslarda din peshvolari o‘zlarining jismoniy tetikligi va mahoratlarini namoyish etdilar. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin: Abdullo domla Avezov (Qorako‘l tumani, «Bozorxo‘ja» masjidi);
2-o‘rin: Abduvohid domla Akramoyev (Buxoro shahri, «Volidayi Abdulazizxon» masjidi);
3-o‘rin: Saddam domla Boboqulov (Peshku tumani, «Xo‘ja Peshku» masjidi).
G‘olib va sovrindorlarga Buxoro viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Otabek domla Avezov tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Islom dinida tan salomatligi va jismoniy kuch-quvvatga alohida e’tibor beriladi. Bu kabi sport tadbirlari soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom muhit va yuqori kayfiyatni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati