Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

“Ro‘zalar bilan charchamayapsizmi?”...

17.05.2019   34398   8 min.
“Ro‘zalar bilan charchamayapsizmi?”...

Har lahzasi rahmat, barakot va mag‘firat nurlariga cho‘mgan muborak kunlardamiz. Ramazon — haqiqiy mo‘min-musulmon uchun o‘ttiz kunlik bayram. Yoshi katta birodarlarimiz hol-ahvol so‘rashayotib “Ulug‘ ayyomlaringiz muborak bo‘lsin!” deb qutlaydilar. Shu qutlovdan ham Ramazon oyining qadr-qiymati va mas’uliyatini anglash qiyin emas. Shukrki, yildan yilga ro‘zadorlar, ibodatga kirishayotganlar karvoni ortib bormoqda. Ayniqsa, ro‘za ibodatining tobora yosharib borayotgani, ro‘zadorlar safida yoshlar, hatto yosh bolalarning ko‘pligidan ko‘ngilu ko‘z quvnaydi. Shu o‘rinda haqli mulohaza o‘rtaga chiqadi: ro‘za ibodatiga kirishayotgan har bir mo‘min bu ibodatning mazmun-mohiyati va mas’uliyatini anglab yetayotirmi? Ro‘za xolis Alloh uchun, ruh va badan tarbiyasi, gunohlardan tiyilish va poklanish uchun farz qilingan ibodat ekanligini bilamizmi?

Ne’matlar shukrini anglatguvchi ibodat

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz”. (“Baqara” surasi, 183-oyat). Shuningdek: “Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin”, oyati ham Ramazon ro‘zasining farzligiga dalildir.

Abu Imoma al-Bohiliy roziyallohu anhu aytadilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Hajjatul Vado’dagi xutbada shunday deganlarini eshitganman: “Allohga taqvo qiling, besh vaqt namozingizni o‘qing, bir oy ro‘zangizni tuting, mollaringizni zakotini bering, amirlaringizga itoat qiling, Rabbingizning jannatiga doxil bo‘lasizlar” (Termiziy rivoyati).

Demak, ro‘za ne’matga shukr keltirish uchun vasiladir. Chunki, ro‘za ne’matlarning ichida eng qadrlisi va zaruri bo‘lmish yeyish, ichish va jimo’ qilishdan nafsni tiyish bo‘lib, ma’lum vaqt o‘zini bu ne’matlardan tiygan kishi uning qadriga yeta boshlaydi. Zero, ne’matning qadri undan bebahra bo‘lgandagina bilinadi. Bu esa, kishini ne’matga shukr qilishiga sabab bo‘ladi. Ne’matga shukr qilish ham aqlan va ham shar’an farzdir.

Ruhiy va jismoniy poklanish

Ro‘za banda va Rabbining o‘rtasidagi xos ibodatdir. Alloh taolo ro‘zaga ajr berish yolg‘iz O‘ziga taalluqli ekanini aytdi, ya’ni: “Ro‘za Mening uchundir. Mukofotini o‘zim beraman”. Chunki ro‘za boshqa ibodatlar kabi inson ko‘zi tushadigan, barcha xabardor bo‘ladigan amal emas. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘ra olmaydi. Shu sabab Alloh taolo bu amalning mukofoti yolg‘iz o‘ziga taalluqli ekanining xabarini berdi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Har bir narsaning zakoti bor, jasadning zakoti ro‘zadir”. Ma’lumki, zakotning ma’nosi tozalash demakdir. Demak, ro‘za tufayli kishi jasadini undagi ortiqcha va zararli moddalardan tozalasa, axloqini zararli odat va xulqlardan tozalab oladi. Chunki, a’zolarni gunoh ishlarni qilishdan tiyish ro‘zaning maqbul bo‘lishining asosiy shartlaridandir.

Kim ro‘zador?

– Ro‘zador, tana a’zolarini gunohdan tiygan kishi.

– Tilini yolg‘on, fahsh va soxta narsalardan saqlagan kishi.

– Qornini ovqat va ichimliklardan, farji (jinsiy a’zosi)ni jinsiy qovushishdan saqlagan kishi.

– Agar gapirsa, ro‘zasiga jarohat yetkazadigan so‘zni so‘zlamaydi.

– Agar biror ishni bajarsa, ro‘zasini buzadigan ishni bajarmaydi.

– So‘zlarining barchasi manfaatli va yaroqli bo‘ladi.

– Shuningdek, bajargan barcha ishidan shunday bir hid taralsinki, suhbatdoshi uning hididan bahramand bo‘lsin.

– Ro‘zador bilan kim birga o‘tirsa, uning suhbatidan manfaat olsin.

– O‘tirgan kishi soxta, yolg‘on, buzuqlik va zulmdan omonda bo‘lsin.

– Mana shu faqat ovqat va ichimlikni o‘zidangina tiyilinmagan haqiqiy ro‘zadir.

– Ro‘za a’zolarni gunohdan tiyilishidir.

– Qorin ovqat va ichimlikdan tiyilishidir.

– Ovqat va ichimlik ro‘zani ochib, buzgani kabi gunohlar ham uning savobidan mahrum qilib, mevasini aynitadi. Oqibatda ro‘za tutmaganlar qatoriga qo‘shib qo‘yadi.

Salomatlik uchun foydalari

Tibbiy-ilmiy izlanishlar natijasida ro‘zaning turli jismiy va ruhiy kasalliklardan himoya qilish, ularning oldini olishda foydasi borligi ma’lum bo‘ldi. Masalan;

- ro‘za insondagi kasalliklarga qarshi immunitetni kuchaytiradi;

- ro‘za tutgan odamda semizlikka qarshi monelik paydo bo‘ladi;

- ro‘za buyrakda toshlar yig‘ilishidan saqlaydi;

- ro‘za inson jismini va uni to‘qimalarida to‘planib qoladigan turli zaharli moddalarni tozalashga yordam beradi. Oziq-ovqat, dori-darmon va havo orqali inson jismiga ko‘plab zaharli moddalar kirib qoladi. Ana shu moddalar faqat ro‘za orqali chiqib ketadi.

Shuningdek;

- semizlikdan kelib chiqadigan qon tomirlarning torayishi, qon bosimining ortishi va yurak kasalliklarini davolashda;

- qon aylanishiga oid kasalliklarni davolashda;

- bo‘g‘inlarning surunkali shishini davolashda foydaliligi aniqlangan.

***

Shaharda ijarada yashaydigan singlisi oylik maoshining yarmidan ko‘pini ijara haqiga to‘lab, bolalariga tansiq yegulik yedirolmaydi. Aka otasining xotirasiga iftorlik qilib, dasturxonni noz-ne’matlar bilan to‘ldirdi. Yo‘l kiraga pul topolmay otasining xotirasi uchun qilingan ehsonga bora olmagani uchun singlisidan yozg‘irib, ranjidi...

***

“Falonchining o‘g‘illari har yozda onasini sanatoriyada davolanishga jo‘natar ekan. Menga o‘xshab oyoqlari og‘rirdi, “Bolalarim baraka topishsin, sanatoriyaga ketma- ket uch yil davolangandim, ko‘rmaganday bo‘lib ketdim” dedi. Qaniydi, men ham shu darddan xalos bo‘lsam-a...” deydi ona boyaqish o‘g‘lining og‘ziga umidvor termulib. O‘g‘ilning quloqlariga gap kirmaydi; iftorlik dasturxoni yozib, unga nomdor ahli ilmlarni da’vat qilish harakatida yuribdi...

***

Qo‘shnisi jo‘jabirdek jon. To‘rt bola, er-xotin kaftdekkina tomorqadan oladigan daromadu, uch-to‘rt qo‘y-qo‘zi, sigir-buzoq boqib tirikchilik qiladi. Ayol saraton xastaligi bilan og‘rigan. Dori-darmoni, kimyoviy muolajasi falon pul. Boyaqish bolalarini o‘ylab har doim ham davolanishga pul ajratolmaydi. Badavlat qo‘shni ro‘zador. Bir necha marta iftorliklar uyushtirdi. Savob izladi. Aslida unga mushtoq savob bir devor narida edi...

Luqma

  • Pismadonchiboy, ertaga iftorlik qilyapmiz, o‘ting-a?
  • Xo‘p, aka, soat nechchida?!...

Biz qanday ro‘zadormiz?

Imkon qadar ro‘zaning ma’naviy-moddiy foydalari haqida ma’lumotlar berishga harakat qildik. Endi o‘zimizni bir taftish qilsak, zamondosh. Biz qanday ro‘zadormiz? Niyatimiz va amalimiz bilan ibodatimizga futur yetkazib qo‘ymayapmizmi? Ro‘zani xolis Alloh uchun, Uning mukofotidan umid qilib tutyapmizmi? O‘rganib qolgan tilimiz g‘iybatga ketib ochu tashnalik bilan kunni o‘tkazmayapmizmi? Uyqusizlik, ochlik va chanqoqlik mashaqqati sababli qosh-qovog‘imizni o‘yib, badjahl, horg‘in holatda yurib ro‘zaga iddao qilmayapmizmi? Muborak Ramazon oyida tanish-bilishlar bilan uchrashib qolganda, ijtimoiy tarmoqlarda muloqotda bo‘lganimizda bir-birimizdan “Ro‘zalar bilan charchamayapsizmi?” deb hol so‘raymiz. Ramazonga, ro‘zaga malomat qilinayotgandek emasmikan bu mehribonchiligimiz? Iftorlik qilish iddaosi bilan bolalarimizning rizqidan qiymayapmizmi? Savobni uzoqdan izlab, shundoq yonginamizda turgan ikki dunyoimizni obod qilishga yetgulik savobdan bebahra qolmayapmizmi? Har kuni saharlikda “Xolis Alloh uchun Ramazon oyi ro‘zasini subhdan to kun botgungacha tutmoqni niyat qildim. Alloh Buyukdir!” deya tilda niyat qilib, amalimiz bilan uni inkor qilmayapmizmi? Ro‘za ibodatini urf, parhez va yana allaqanday “avtoritet”lar uchun tutishga o‘zimizni majburlamayapmizmi? Mulohaza qiling, zamondosh, ro‘zadan maqsad — taqvo. Ochu yalang‘ochlar, muhtoju miskinlar holini his etish bilan ne’matlarga shukrona aytish va iymon lazzati, ibodat halovatidan bahramandlik bilan Allohga yaqin bo‘lishdir ro‘zaning asl mohiyati. Biz uni qanday tushunyapmiz va nechog‘li ado eta olyapmiz?

Qalbi va Rabbining huzurida yuzi yorug‘larga Ramazon halovati bardavom bo‘lsin! Ro‘zaning iymoniy lazzati ikki dunyoda sizni tark etmasin!

 

Umida ADIZOVA

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mesta proroka Ibraxima v islamskix predaniyax

26.12.2024   184   6 min.
Mesta proroka Ibraxima v islamskix predaniyax

Po vsemu Blijnemu Vostoku imeyutsya mesta, kotorie predaniya svyazivayut s prorokom Ibraximom, v tom chisle dom yego detstva, derevo, pod kotorim on vstretilsya s angelami, i yego mogila, soobshayet portal Atlas Islamica.
Rodnoy gorod proroka Ibraxima (mir yemu)
Po dannim izdaniya Islamosfera, mestom rojdeniya proroka Ibraxima (mir yemu) bibleyskiye teksti nazivayut Ur Xaldeyskiy ili Ur-Kasdim. V 1862 godu Genri Roulinson otojdestvil etot gorod s Tell-el-Mukayyarom bliz Nasirii, obichno izvestnim kak Ur na yuge Iraka. Vtoroye mesto, traditsionno schitayusheyesya mestom rojdeniya proroka, naxoditsya v okrestnostyax goroda Urfa (Shanliurfa) na yugo-vostoke sovremennoy Tursii.
Peshera, gde rodilsya prorok Ibraxim (mir yemu)
V komplekse mecheti Mevlid-i Xalil v Shanliurfe v Tursii imeyetsya peshera, v kotoroy, kak glasyat legendi, mat rodila budushego proroka. Ona  pryatala yego tam sem let, potomu chto sar Nimrod velel ubivat vsex novorojdennix malchikov, kotorie mogli bi ugrojat yego vlasti. V peshere imeyetsya istochnik, voda kotorogo schitayetsya selebnoy.
Dom, gde provel detstvo prorok Ibraxim (mir yemu)
V sentre arxeologicheskogo kompleksa drevnego Ura, raspolojennogo v yujnom Irake v provinsii Tell-el-Mukayyar, pokazivayut dom, v kotorom, soglasno legendam, provel detstvo prorok. Dom imeyet pochti treugolnuyu formu i sostoit iz nebolshix komnat, zalov, proxodov, koridorov i arok.
Ozero Balikligyol
Takje izvestnoye kak ozero Xalil-ur-Raxman, eto ozero naxoditsya na yugo-zapade sentra goroda Shanliurfa, ryadom s mechetyami Mevlid-i Xalil i Rizvaniye. Soglasno predaniyam, imenno na etom meste bil razojjen koster, v kotoriy Nimrod brosil proroka Ibraxima (mir yemu). No ogon prevratilsya v ozero, a ugli – v ribu.
Kompleks Xaram al-Ibraxim
Etot kompleks, takje izvestniy kak Peshera Patriarxov ili Grobnitsa Patriarxov, sostoit iz ryada pesher, raspolojennix v samom serdse Starogo goroda Xevrona na yuge Zapadnogo berega v Palestine. Soglasno predaniyam, eto mesto bilo vikupleno Ibraximom (mir yemu) v kachestve mesta zaxoroneniya. Legendi utverjdayut, chto zdes poxoroneni sam prorok, yego jena Sara, sinovya Isxak (mir yemu) s Yakubom (mir yemu) i ix jeni. Takje soglasno nekotorim mestnim predaniyam, v Xaram al-Ibraxim naxodyatsya mogili proroka Yusufa (mir yemu), Adama (mir yemu) i Xavi.
Eto mesto yavlyayetsya svyatim dlya musulman, iudeyev i xristian.
Bir-Saba (Beer-Sheva)
Kak polagayut, etot arxeologicheskiy pamyatnik na yuge Palestini yavlyayetsya ostatkami drevnego goroda Beer-Sheva. Soglasno legendam, Ibraxim (mir yemu) razbil svoy shater i viril kolodes v Bir-Sabe, kotoroye togda bilo pustinnom mestom, schitavshimsya yujnoy granitsey Svyashennoy zemli (Al-Aksi). Zdes, u kolodsa, prorok zaklyuchil dogovor s filistimlyanskim sarem Avimelexom. 
Etot samiy kolodes pokazivayut i seychas nedaleko ot Starogo goroda v Beer-Sheva na okkupirovannoy Izrailem palestinskoy territorii. Arxeologicheskiye issledovaniya pokazali, chto on otnositsya k vizantiyskomu periodu, poetomu utverjdayetsya, chto eto ne originalnoye soorujeniye, a yego analog, postroyenniy na tom je meste. 
Xaran
Gorod Xaran, kotoriy upominayetsya v Biblii, pochti povsemestno otojdestvlyayetsya s Xarranom, gorodom, ruini kotorogo naxodyatsya na territorii sovremennoy Tursii v provinsii Shanliurfa. Soglasno yevreyskim istochnikam, v Xarane poselilsya Ibraxim (mir yemu) so svoyey semey vo vremya sledovaniya iz goroda Ur v Xanaan. Rasskazivayetsya, chto on jil tam do 75 let, prejde chem prodoljit svoy put po poveleniyu Allaxa. 
Mamvriyskiy dub, ili Dub Ibraxima

Eto derevo, kotoroye takje nazivayut dubom Avraama, naxoditsya v dvux kilometrax k yugo-zapadu ot Mamre nedaleko ot Xevrona, na territorii pravoslavnogo monastirya Svyatoy Troitsi. Yego vozrast otsenivayetsya v 5000 let. Kak glasyat predaniya, pod nim prorok Ibraxim (mir yemu) prinimal angelov, kotorie posetili yego s vestyu o rojdenii u nego sina. Dub pochitalsya iudeyami i xristianami na protyajenii soten let, a v IV veke Konstantin postroil vozle nego serkov. Posle postroyki ogradi vokrug duba v 1970-x godax korni dereva bili povrejdeni, i ono nachalo zasixat. Posledniy zeleniy list na nem nablyudali v aprele 1996 goda. No v 1997 godu ot kornya nachal rasti noviy pobeg, kotoriy k nastoyashemu vremeni prevratilsya v kustistoye molodoye derevse.
Oazis al-Asad
Etot oazis, raspolojenniy nedaleko ot aviabazi Al-Asad v provinsii Anbar v Irake, takje nazivayut Oazisom Ibraxima ili Kolodsem Ibragima. Soglasno mestnim predaniyam beduinov, imenno zdes ostanovilsya Ibraxim (mir yemu) i yego semya na puti v Xanaan, kuda yego prizval Allax. Xotya net nikakix dokazatelstv pravdivosti etoy istorii, uchenie govoryat, chto proroku logichno bilo bi sledovat imenno cherez etu mestnost. Na pryamom puti v Palestinu net istochnikov presnoy vodi, poetomu on doljen bil dvigatsya vdol Yevfrata.
Makam Ibraxima – Mesto stoyaniya Ibraxima
Allax prikazal Ibraximu (mir yemu) postroit Kaabu, i prorok vmeste so svoim sinom Ismailom pristupil k rabote. Kogda steni zdaniya podnyalis vishe yego rosta, on podlojil pod nogi bolshoy kamen, chtobi vstat na nego. Na etom kamne, kotoriy seychas mojno uvidet na severnoy storone Kaabi, ostalsya otpechatok nogi Ibraxima (mir yemu). Svyatinyu zakrivayet metallicheskoye ograjdeniye.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari